SERGEY IVANOVICh VERENIN


Advokat,
Asoschi, boshqaruvchi hamkor Toshkent, Moskva
 Tel.:
+998 78 150 150 6 доб.1
s_verenin@sverenins.uz

TARJIMAI HOLI 

Sergey Verenin 2011 yildan “S.Verenin’s legal group” advokatlik firmasining asoschisi, boshqaruvchi hamkori va advokati hisoblanadi. Advokat Sergey Verenin rahbarlik lavozimlarida ish stajiga, shuningdek 2004 yildan advokatura tizimida ko’p yillik ish tajribasiga ega. Shveytsariya, AQSh, Turkiyada amaliyot o’tagan.

IXTISOSLASHUVI

Chet ellik investorlarga huquqiy yordam; O’zbekistondagi xorijiy kompaniyalar manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy va tijorat sudlarida manfaatlarni ifodalash. Iqtisodiy jinoyatlar bo’yicha hakamlik sudlarida va jinoiy sudlarda advokatlik yordamini ko’rsatish. Fuqarolar da’volari bilan bog’liq jinoiy ishlarda huquqiy yordam ko’rsatish.

MA’LUMOTI

Qirg’iziston-O’zbekiston universiteti, Iqtisodiyot va moliya fakulteti, bakalavr (2005-2009), O’sh, Qirg’iziston.

F.E. Dzerjinskiy nomidagi SSRI DXQ Oliy maktabi, RF Davlat xavfsizlik huquqshunoslik akademiyasi (1987-1993), ingliz tilini egallagan yurist, Moskva, Rossiya.

– 2009 yildagi kengaytirilgan o’quv kursi amaliyotchisi, Jeneva, Shveytsariya, Inson huquqi va xalqaro advokatura;

– 1997 yil 25 apreldagi Xalqaro qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish instituti dasturi ishtirokchisi, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish va boshqarish, Vashington, AQSh;

– 1997 yil 21 fevraldagi Iqtisodiy rivojlanish instituti dasturi ishtirokchisi, Istambul fond birjasi, World Bank, o’tish iqtisodiyotli mamlakatlarda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish, Istambul, Turkiya;

– 1995 yil 03 noyabrdagi Xalqaro rivojlanish agentligi texnik hamkorligi dasturi ishtirokchisi, moliya sektori bozorlari, Vashington, AQSh, amaliyotchi;

– Amaliyotchi, Iqtisodiyot instituti, moliya sektori bozorlari, Bolder, AQSh.

LITSENZIYASI

TN No 000961 Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 17 iyunda berilgan.

EGALLAGAN TILLARI

O’zbek, rus, ingliz.