Qonun tantana qildi

Qonun tantana qildi

Qabulimga bir ayol keldi, ko’zlarida yosh, qo’llarida g’ijimlangan varaqlarni qisib olgan. Nigohi esa uni o’z xonadonidan ko’chirib chiqarish to’g’risidagi da’vo arizasiga qadalgan. Uni tingladim va qo’llaridagi mavjud hujjatlar bilan tanishib chiqdim: bir qarashda, unga qaratilgan talablar asoslidek edi. Uning o’zi xonadonini notarial idorada oldi-sotdi shartnomasini tuzib sotib yuborgan.

Biroq bir fikr tinchlik bermasdi – yashaydigan boshqa turar-joyi bo’lmasa, u qanday qilib uy-joyini sotishga jazm qildi ekan? Ayol yig’lagan ko’yi shunday hikoya qiladi: hech qachon uy-joyini sotishni maqsad qilmagan, biroq moddiy qiyinchiliklar tufayli biroz pul ishlab olishni istagan. Shunda “pul ishlash”ni taklif qilib, go’yoki uning uy-joyi oldi-sotdi shartnomasi nomigagina tuzilib, kvartira uchun olingan pullarni biroz «aylantirib», so’ng uyni qaytadan uning nomiga rasmiylashtirishga yoki uni chalg’itib aldashga uringan «yon qo’shni-jon qo’shni»sining taklifiga chuv tushib, bu ishga qo’l urgan.

Mening botiniy hissim ushbu ishga kirish va ko’rib chiqilishi yakuniy bosqichda bo’lgan fuqarolik ishi materiallarini batafsil o’rganib chiqishga majbur qiladi.

Mazkur ish materiallarini o’rganish shuni ko’rsatdiki, da’vogarning himoya liniyasi haqiqatdan uzoq va chalkash bo’lgan, agar ta’bir joiz bo’lsa, uning barcha dalil-isbotlari quruq gapdan iborat bo’lgan va notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasidan tashqari tasdiqlanmagan. Sudyaning adolatsizlikni payqab, jabrlanuvchi va aldangan pensionerning qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan o’tkir ko’zlariga umid qilish soddalik bo’lib tuyulgan. Biz tomonimizdan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116, 123, 124-moddalari alomatlari bo’yicha shartnomani haqiqiy emas, deb e’tirof qilish to’g’risida berilgan, uning soxtaligi dalil-isbotlari ilova qilingan qarshi da’vo arizasi yakuniy natijaga hech bir tarzda ta’sir ko’rsatmadi – menga ishonch bildirgan shaxs da’vosi rad qilindi, da’vogarning uy-joydan ko’chirib chiqarish to’g’risidagi da’vosi qondirildi.

Da’vo xususiyati, sabablari va oqibatlari hech kimni qiziqtirmadi, 1-bosqich sudi shunday xulosa chiqardi: pensionerning o’zi ixtiyoriy ravishda shartnomani imzolagan, marhamat qilib, yangi uy egasiga uyni bo’shatib qo’ysin. Xususan, kvartiraning yangi egasi rieltor bo’lib ishlagan va menga ishonch bildirgan xuddi shunday himoyasiz pensionerlar kvartiralarini past narxlarda sotib olish bilan shug’ullangan, ular bilan hisob-kitobdan so’ng, menga ishonch bildirgan pensionerga kvartirani belgilangan foizlari bilan qaytarishni va’da qilgan. Kvartira uchun pullardan dallollik qilgan, aynan nizoli kvartira fakti bo’yicha firibgarlik uchun muqaddam sudlangan va xaridor bilan yaxshi tanish bo’lgan yon qo’shni foydalanganligi holati ham e’tiborsiz qoldirilgan. Yolg’iz ayol esa pulsiz va kvartirasiz qolgan.

Bu bilan mazkur ish bo’yicha baribir adolatni qaror toptirish istagi yo’qolmadi va 1-bosqich sudi qaroriga norozilik arizasi berish yo’li to’g’ri va qonuniy bo’lganligi oxir-oqibat ma’lum bo’ldi. Menga ishonch bildirgan pensionerni yoshidan foydalanib aldash orqali uning ishonchiga kirgan, yaqin sheriklikda ishlagan xaridor pullarini o’z manfaatlarida ishlatgan va firibgarlik uchun muqaddam sudlangan dallolga nisbatan jinoiy sud hukmidan norozilik arizasi berildi, undan sotilgan kvartira uchun pullar undirilishi talab qilindi, chunki hukmning ushbu qismi bekor qilinmasdan fuqarolik ishlari bo’yicha sud mazkur ish bo’yicha qonuniy qaror qabul qilolmasdi. Hukmning ushbu qismi bekor qilindi va nizoli masala yuzasidan fuqarolik ishlari bo’yicha sudga murojaat qilish tavsiya qilindi va biz tomonimizdan xuddi shu ish amalga oshirildi. Fuqarolik ishlari bo’yicha sudga Toshkent shahar jinoiy ishlar bo’yicha sudining ajrimi taqdim qilingandan so’ng, biz tomonimizdan da’vogarning, boshqa tomondan, oldindan soxta shartnoma tuzishga majbur qilgan shaxsning qonun va axloq me’yorlariga zid shartnoma tuzishdan manfaatdorligi isbotlangan bo’lib, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo’yicha sud kollegiyasi 1-bosqich sudi qarorini bekor qildi va ushbu ish bo’yicha yangi qaror qabul qildi, ushbu qaror bo’yicha da’vogarning talablari to’liq hajmda rad qilindi va menga ishonch bildirgan pensionerga uning uzoq yillar mehnat bilan ishlab topgan o’z mulki qaytarib berildi. Menga ishonch bildirgan  pensioner bundan xulosa chiqaradi, ushbu ish esa biron-bir shartnoma tuzishdan oldin puxta o’ylangan harakatlarni amalga oshirish uchun saboq bo’ladi, deb umid qilamiz.