Bukhara City

«Invest-in-Uzbekistan» loyihasi koordinatorlari Sergey Verenin va Azamat Umarovlar Buxoroda bo’lib, Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish bo’yicha o’rinbosari Botirjon Shaxriyorov va Buxoro shahridagi keng ko’lamli qurilish loyihasi direktsiyasi rahbari Po’latov Azimjon bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar Buxoro shahrini qurishda Invest-in-Uzbekistan yordami bilan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning mumkin bo’lgan variantlarini muhokama qildilar (Taqdimot) va o’zaro manfaatli hamkorlikning asosiy yo’nalishlarini aniqladilar.

«Buxoro city» xalqaro ishbilarmonlik markazi – bu Buxoro shahrida biznes va turar-joy markazi qurish loyihasi bo’lib, bu O’zbekiston Respublikasida shaharsozlik bo’yicha eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Ushbu loyiha zamonaviy biznes, moliya va turizm sohalarida infratuzilma kompleksini yaratish orqali shaharning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan.

«Buxoro city» hududida 12 ta mehmonxona, ko’plab biznes markazlar, 34 ta ko’p qavatli uylar, 2 ta zamonaviy maktablar, 3 ta bolalar bog’chalari, ilg’or klinikalar, banklar, sport majmualari va boshqa madaniy inshootlar quriladi va bularning barchasi ushbu hududda joylashgan bo’ladi. 83 gektar maydon eski shahar va yirik transport uzellariga yaqin joyda joylashgan.

Hudud ko’plab obyektlarlarga bo’linadi, ularning har biri aniq maqsadlar uchun mo’ljallangan va ular uchun batafsil biznes-reja tuzilgan.

№20 obyektda 5 021 kv.m. maydonda 4-5 yulduzli mehmonxonalar bo’ladi. Loyiha qiymati 112 million AQSh dollarini tashkil etadi va obyektni 2022 yilda tugatish rejalashtirilgan.

Aholi turar joylarini qurish loyihasi 48 million AQSh dollariga baholanib, u 4 856 kv.m. maydonda joylashgan bo’ladi.

№49 obyekt eng yirik inshootlardan biri bo’lib, unda Expomarkaz va Konferentsiya markazi joylashgan. Obyektning umumiy maydoni 17 820 kv.m., binolarning maydoni esa 52 900 kv.m.

3,4 million AQSh dollarilik yoshlar markazi va restoranlar 3 403 kv.m maydonda joylashgan bo’ladi. Qiymati 30 million dollardan oshadigan ofis va savdo markazlari 2022 yilda sotiladi va umumiy maydoni 25 ming kvadrat metrdan ortiq bo’lgan 62,64 va 65 obyektlarda joylashgan bo’ladi.

Loyihaning eng diqqatga sazovor joylari 32 qavatli Buxoro minorasi hisoblanadi. Qurilayotgan obyektning qiymati 23,2 – 38,8 million AQS