BMTning maxsus ma’ruzachisi

BMT maxsus ma’ruzachisi Diego Garsia-Sayan 2019 yil, 19-25 sentabr kunlari hukumat sudya va advokatlar mustaqilligi va yurist kasbida erkin faoliyat yuritilishi sohasida qabul qilgan choralarni baholash maqsadida rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ladi. 

Prezident Mirziyoyev 2016 yil dekabr oyida lavozimini egallaganidan beri O’zbekiston adliya tizimida uzoqni ko’zlagan islohotlarni boshlab yubordi. 

“Tashrifim davomida sud-huquq sohasidagi islohotralning sudyalar mustaqilligi va hokimiyatlar ajratilganligi kabi prinsiplarga mosligini baholash maqsadida hukumat bilan konstruktiv miloqot o’rnatish niyatidaman,” – dedi Garcsia-Sayan. 

“Adliya tizimi doirasida sudyalar, prokurorlar va advokatlar o’z kasbiy faoliyatini erkin olib borish imkoniyatiga ega bo’lishlari va vazifalarini bajarish chog’ida har qanday tahdid, ishlariga aralashuv yoki bosimdan ham qonunda, ham amalda muhofazalgan bo’lishlari lozim.” 

Sudyalar kengashlari sudlar mustaqilligi va avtonomligini kafolarlashda muhim ahamiyatga ega. “2017 yilda Sudyalar Oliy kengashi mustaqil, sudlar mustaqilligini mustahkamlash va muhofaza kilish borasida keng vakolatlarga ega organ sifatida barpo etilganini ma’qullayman va sudyalarni tanlash, lavozimga tayinlash, malakalarini oshirish va intizomiy choralar ko’rish uchun mas’ul ushbu organning salohiyatini oshirish borasida amaliy tavsiyalar berishni istar edim. 

“Shuningdek, men yuridik kasbda mustaqil faoliyat olib borishni, xususan, Advokatlar uyushmasining hukumat va boshqa ijroiya organlaridan mustaqil ekanligini ta’minlovchi huquqiy kafolatlar mavjudligini ham baholamoqchiman,” – dedi Garsia-Sayan. U hozirda yuridik kasb va bu kasb egalarining mustaqilligi va izchilligini ta’minlab himoyalashda hayotiy ahamiyatga ega advokatlar uyushmalariga bag’ishlangan mavzuli hisobot e’lon qilgan. 

Tashrif davomida BMT experti hukumat va qonun chiqaruvchi hokimiyat rasmiylari, shuningdek sudyalar, prokurorlar va advokatlar bilan uchrashadi. U, shuningdek, fuqarolik jamiyat, olimlar, BMT agentliklari, donorlar va diplomatik jamoa bilan ham uchrashadi. 

 

Manba: BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi