Tanlov

“S.Verenin’s Legal Group” advokatlik firmasi Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy san’atkorlik va dizayn instituti qobiliyatli yoshlari o’rtasida tanlov tashkil qildi, xususan, yoshlar kompaniya madaniyatini uning ijodiy timsolida ochishga, firma faoliyatini ommalashtirishga, shuningdek iste’dodli yoshlarni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan “Advokatlik firmasi faoliyatini badiiy ifodalash” mavzusidagi tanlovda qatnashish uchun taklif qilindilar.

Tanlovning o’ziga xos xususiyati uning mavzusi bilan belgilangan, kompaniya tarixi va unda mujassamlashgan qimmatli madaniyat va amaliyot kelgusi ishlarning ijro vektorini belgilab berdi. Buning uchun tanlov ishtirokchilari “S.Verenin’s Legal Group” advokatlik firmasi faoliyatida yondashiladigan asosiy tamoyillar bilan tanishib chiqdilar: firmada amal qilinadigan qadriyatlarni eng ko’p darajada aks ettiradigan ramziy belgilar va atributlar namoyish qilindi.

Tashkilotchilar rejasiga muvofiq, tanlov ikki bosqichdan iborat bo’ladi. Hozirgi paytga kelib, birinchi bosqichi o’tkazildi, uning doirasida hakamlar hay’ati a’zolari taqdim qilingan eskizlarni baholadilar va ikkinchi bosqichga o’tgan ishtirokchilarni tavsiya qildilar. Hakamlar hay’ati tarkibiga ishlar ekspertizasini amalga oshirish uchun kerakli vakolatga va bilimlarga ega san’at sohasi vakillari kirganligi ham muhim bo’ldi.

Shunday qilib, quyidagi eskizlar mualliflari tanlovning ikkinchi bosqichiga o’tdilar:

Ko’pchilik, buning advokatlik firmasiga nima keragi bor, degan savol berishi mumkin, shu munosabat bilan o’tmishdan bir voqeani misol keltirish mumkin: XVIII asr oxirida ikki do’st advokatlar – Oktav Maus va Edmon Pikar o’sha davrdagi klassik konservativ oqimlardan chetlashib, san’atga yangicha qarashni dunyoga taklif qilish maqsadida turli uslubiy yo’nalishlardagi rassomlarni birlashtirishdan iborat dadil g’oyani hayotga tatbiq qildilar. Ko’plab tanqidlarga uchrab, mashhur “Yigirmalik” rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa san’atiga va she’riyatga nisbatan o’z ilg’or qarashlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga erishdi.

Ko’pchilikka bema’ni tuyulgan ushbu hodisa oxir-oqibatda trendga aylandi. “XX asr jamiyati” tashkil qilinishi innovatsion g’oyalarni ro’yobga chiqarish uchun homiylik qilish va sahna-minbarlar tashkil qilish yosh rassomlarga san’at sohasida yangi muhim davr yaratish imkonini beradi.