Sud-huquqiy tizimni jiddiy islohot kutmoqda

 

Saylov o’tdi, endi «vazifasini bajaruvchi» emas, «Prezident» deb atash lozim!

Prezidentning yangi farmoni sudlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlashga, fuqarolar huquqlari va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirishga va odil sudlovdan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan.

Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yil 21 oktyabrda “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonni imzoladi. O’zA tomonidan tarqatilgan mazkur hujjatga rasmiy sharhda qayd etilganidek, ushbu farmon mazkur sohadagi davlat siyosatining sifat jihatdan yangi darajaga o’tganligini anglatadi.

Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik ajratib ko’rsatiladi: sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish.

Farmonda sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning quyidagi eng muhim vazifalari belgilangan:

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo’ysunishi va sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bo’yicha faoliyatiga aralashganlik uchun muqarrar javobgarlik tamoyili to’g’risidagi me’yorlarga qat’iy amal qilinishini ta’minlash;
  • fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuzkorlik holatlari bo’yicha barcha zarur choralarni ko’rish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko’rib chiqish tartibidagi sansalorliklarga va qonun buzilishlariga yo’l qo’ymaslik;
  • jamoatchilik e’tiboriga taalluqli axborotni o’z vaqtida yetkazish orqali faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan o’zaro hamkorlik samaradorligini oshirish;
  • huquqni qo’llash amaliyotini va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimiy kamchiliklar va qonun buzilishlar sabablarini aniqlash va bartaraf qilish, ilg’or ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faoliyatga tatbiq qilish;
  • ma’muriy nazoratni, profilaktikani, xodimlar o’rtasidagi suiiste’molliklar va boshqa huquq buzilishlari oldi olinishini kuchaytirish, kadrlar tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, ishga eng munosib nomzodlar qabul qilinishi ta’minlanadigan kadrlar tanlashning zamonaviy vositalarini joriy qilish.

Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, kasb obro’-e’tiborini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yuritadigan sud korpusini tashkil qilish maqsadida birinchi marta sudyalarning vakolat muddatlari qayta ko’rib chiqildi. Xususan, sudyalarni dastlabki besh yillik va navbatdagi o’n yillik muddatlarga tayinlash (saylash), kelgusida esa lavozimni muddatsiz davr mobaynida egallash nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi.

Shu bilan birga, farmon orqali 2017 yil 1 apreldan jinoiy, jinoiy-prosessual, fuqarolik prosessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sudda ishlarning adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi va jazoning insonparvarligi kafolatlarini kuchaytirish hisobga olingan holda odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan bir qator o’zgartirishlar kiritiladi.

Jumladan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan muqobil jazo turlari qo’llanilishi kengaytirilgan holda, qamoqqa olish ko’rinishidagi jinoiy jazo tugatilmoqda. Bu orqali jinoiy jazolar tizimidan eng qat’iy ta’sir choralaridan biri chiqariladi, bu esa jinoiy jazolarni liberallashtirish, qonun buzuvchilarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish ta’sirining ilg’or shakllari va usullarini keng tatbiq qilish bo’yicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Jinoiy ishlarni ko’rib chiqishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalash bo’yicha huquqiy kafolatlarni kuchaytirish, jinoiy ishlar tergovi tezkorligini oshirish doirasida jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxslarni hibsga olish muddati 72 soatdan 48 soatga hamda qamoqda saqlash va uy qamog’i, shuningdek jinoiy ishlar bo’yicha dastlabki tergov ko’rinishidagi jinoyatning oldini olish choralari qo’llanilishi eng yuqori muddatlari 1 yildan 7 oygacha qisqartirilmoqda. Mazkur choralarning joriy qilinishi, bir tomondan, fuqarolarni ularning erkinliklari asossiz cheklanishlari holatlaridan himoyani, ikkinchi tomondan, dastlabki tergov va tergov organlari mas’uliyati hamda faoliyat samaradorligi oshirilishini ta’minlaydi.

“Xabeas korpus” instituti qo’llanilishini kengaytirish doirasida prokurorlarning pochta-telegraf jo’natmalarini xatlash va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlariga ruxsat (sanktsiya) berish bo’yicha vakolatlari sud organlari vakolatlariga o’tkaziladi. Ushbu o’zgartirishlar insonning shaxsiy huquqlari va erkinliklari mustahkam ekanligini va ularni sud qarorisiz hech kim mahrum qilish yoki cheklashga haqli emasligini belgilovchi Konstitutsiya va umumiy e’tirof qilingan xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlariga to’liq javob beradi.

Bundan tashqari, sudga qamoqda saqlash yoki uy qamog’i ko’rinishidagi jinoyatning oldini olish choralari qo’llanilishi rad qilingan taqdirda, jinoyatning oldini olish muqobil choralarini qo’llash imkoniyati taqdim qilinadi.

Sud tomonidan jinoiy ishlarning qo’shimcha tergov amalga oshirilishi uchun qaytarish institutining bekor qilinishi kabi sudlov tezkorligi va sifatini oshirishga, ish bo’yicha yakuniy qarorlar qabul qilish muddatlarining asossiz ravishda cho’zilishini istisno qilishga va jinoiy ishlarni ko’rib chiqishda sudlar rolini kuchaytirishga yo’naltirilgan yangilikni alohida qayd etish kerak.

Fuqarolik ishi bo’yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko’rib chiqish mumkin bo’lgan muddatning 3 yildan 1 yilgacha qisqartirilishi bo’yicha joriy qilinayotgan chora fuqarolik-huquqiy munosabatlar barqarorligini, fuqarolik ishini ko’rib chiqish jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan.

Sud qarorlari qonuniyligi va asoslanganligini qayta ko’rib chiqish amaldagi tizimi, shuningdek sud jarayoni muddatlariga va sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan ortiqcha oraliq bosqichlarni bartaraf qilish maqsadida mazkur farmon viloyat darajasidagi sudlar tomonidan fuqarolik va jinoiy ishlarning nazorat tartibida qayta ko’rib chiqish bo’yicha takrorlovchi bosqichlari tugatilishini nazarda tutadi, taalluqli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida norozilik bildirish bo’yicha vakolatlari bundan mustasno. Shu bilan bir qatorda, Oliy sud plenumining ishlarni nazorat tartibida qayta ko’rib chiqish bo’yicha takrorlovchi vakolatlari bekor qilinadi.

Ortiqcha va takrorlovchi bosqichlarning bartaraf qilinishi bir nazorat bosqichi tomonidan ishlarning bir necha marta ko’rib chiqilishi holatlarining oldini olish, yakuniy va barqaror sud hukmini ta’minlash va buning oqibati sifatida fuqarolarning sudlarga ishonch darajasini oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, mazkur farmon xo’jalik sudlari tizimida regional apellyatsiya sudlari tashkil qilinishini nazarda tutadi, bu viloyat xo’jalik sudlarining o’z qarorlarini qayta ko’rib chiqish bo’yicha vakolatlarini bartaraf qilishga qaratilgan.

Adliya organlarining umumiy yurisdiktsiya sudlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash bo’yicha funktsiyalari va vakolatlarining Oliy sudga o’tkazilishi mazkur farmonning sud hokimiyati mustaqilligi asoslari mustahkamlanishini belgilaydigan alohida ahamiyatli qoidasi hisoblanadi. Ushbu chora sudlar mustaqilligi va ular faoliyatiga aralashmaslikning qo’shimcha kafolatlarini yaratadi.

Shu bilan bir qatorda, Oliy sudga, Oliy xo’jalik sudiga, Bosh prokuraturaga va boshqa manfaatdor boshqarmalarga 2017 yil 1 iyulgacha ilg’or xorijiy tajribani o’rganish asosida quyidagilar bo’yicha asoslangan takliflar tayyorlash topshirildi:

  • sud-prokuratura xodimlari malakalarini oshirish va rahbarlik kadrlarini tayyorlash tizimlarini takomillashtirish;
  • prosessual harakatlarni amalga oshirishda voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, shuningdek sudlanganlik tugatilishi va olib tashlanishi muddatlari va asoslarini qayta ko’rib chiqish;
  • jinoiy ishlarni ko’rib chiqishda, o’zbek xalqining ezgulik va rahmdillik kabi asriy an’analariga muvofiqligi e’tiborga olingan holda, murosaga keltirish instituti qo’llanilishini kengaytirish. Ushbu me’yor chin yurakdan tavba qilgan va zarar yetkazilgan fuqarolar oldida o’z aybini yuvgan qonunni buzgan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi;
  • katta ijtimoiy xavfga ega bo’lmagan ayrim jinoyat tarkiblarini dekriminalizatsiya qilish;
  • jinoiy ish qo’zg’atilishi faqat jabrlanuvchi arizasi bo’yicha amalga oshirilgan jinoyatlar tarkibi ro’yxatini kengaytirish;
  • elektron sud ishlarini ko’rib chiqish va ijroni amalga oshirish zamonaviy shakllari va usullarini, odil sudlov amalga oshirilishini ta’minlash vositalarini joriy qilish hisobiga odil sudlovni amalga oshirish sifatini oshirish. Ushbu tashabbusning realizatsiya qilinishi sud faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek Respublika rivojlanishining zamonaviy bosqichi talablariga to’liq muvofiqlikda, “Elektron hukumat to’g’risida”gi Qonunni amalga oshirish doirasida jamiyat uchun odil sudlov ochiqligi, shaffofligi va joizligi tamoyilligini hayotga izchil tatbiq qilishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar qonuniyligini va samarali realizasiya qilinishini ta’minlashda davlat organlari yuridik xizmatlari rolini oshirish maqsadida, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Belgilangan ustuvorliklarni hayotga tatbiq qilish va amaliyotda realizatsiya qilish uchun mazkur farmon bilan sud-huquqiy tizimini rivojlantirishning 8 ta eng ustuvor sohasi bo’yicha 45 ta muayyan chora-tadbirlar realizatsiya qilinishini nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni realizatsiya qilish doirasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Jinoiy, Jinoiy-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo’jalik protsessual kodekslariga va bir qator boshqa qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritiladi. Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoyalash tizimini takomillashtirish va kuchaytirish maqsadida, umumiy e’tirof qilingan xalqaro standartlar asosida maxsus qonunlar, shu jumladan “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoiy jarayonning boshqa ishtirokchilarini himoyalash to’g’risida”, “Mediatsiya to’g’risida”, “Ma’muriy sud ishlarini ko’rib chiqish to’g’risida”gi va boshqa qonunlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Sharhda qayd etilganidek, mazkur dasturiy hujjatning realizasiya qilinishi mamlakat sud-huquqiy tizimi faoliyatini sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek aholining odil sudlovga nisbatan ishonchini sezilarli darajada mustahkamlash imkonini beradi.

Matn: “Gazeta.uz”      29 025