Toshkentda sun’iy nafas olish uskunalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

 

Slovakiyaning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasining taklifiga binoan , «S. Verenin’s Legal Group» behushlik bilan nafas olish uskunalari va mexanik shamollatish moslamalarini ishlab chiqarish bo’yicha Chirana Asia rus-slovak-o’zbek korxonasining ochilishida ishtirok etdi.

16 mart kuni bo’lib o’tgan korxonaning ochilishida O’zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish vaziri Abdurahmonov Ibrohim Yo’lchievich, Rossiyaning O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Lvovich Tyurdenev, Shimco Group prezidenti Vasiliy Shimko va boshqa turli xil xususiy va jamoat tashkilotlarining vakillari qutlov nutqi bilan chiqish qildilar.

Rossiya-Slovakiya-O’zbekiston qo’shma korxonasi «Chirana Asia» yiliga 500 donagacha ventilyator ishlab chiqarishi mumkin. Ishlab chiqarishning umumiy qiymati 6 million dollarni tashkil etadi. Ushbu korxonaga investitsiyalar Rossiyaning Shimco Group kompaniyasi va Slovakiyaning Chirana kompaniyasidir.

Shimco Group prezidenti Vasiliy Shimko ta’kidlaganidek, Toshkentda ishlab chiqariladigan qurilmalarda turbin o’rniga membranali kompressor ishlatiladi, bu esa xizmat muddatini sezilarli darajada oshiradi va ventilyatorga texnik xizmat ko’rsatish narxini pasaytiradi.

Rossiya Federatsiyasining O’zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenevning so’zlariga ko’ra, ushbu loyiha nafaqat O’zbekiston, balki butun mintaqa uchun hayotiy ahamiyatga ega. Diplomat kompaniya mahsulotlari yuzlab va minglab odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam berishiga umid bildirdi. Kelajakda ishlab chiqarilgan uskunalarning 80 foizigacha eksport qilinadi.