Horijiy investorlarga daromadni repatriatsiya qilish

O’zbekistondan xalqaro kontraktlar bo’yicha to’lovlar
O’zbekistondan kontrakt to’lovini amalga oshirish lozim-mi?!
Kompaniyangiz O’zbekiston rezidenti bilan oldi-sotdi yoki etkazib berish bo’yicha xalqaro kontrakt tuzmoqchi, biroq Siz O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq yuridik tavakkalchiliklardan xavotirlanyapsizmi?
Biz O’zbekiston Respublikasidagi kontraktingiz yuridik kuzatib borilishini ta’minlashga tayyormiz, bunda quyidagilar ta’minlanadi:
– O’zbekiston Respublikasidagi kontrakt bo’yicha hamkoringizning qonunga itoatkorligi to’g’risida xolis (ob’ektiv) axborot taqdim qilish;
– O’zbekiston Respublikasining valyuta va bank qonun hujjatlari masalalari bo’yicha konsultatsiya;
– O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xorijiy yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning amalga oshirilishi ustidan yuridik nazorat;
– O’zbekiston Respublikasida xorijiy hamkor oldidagi qarzlarni undirish;
– O’zbekiston rezidentlarining eksport-import operatsiyalarini tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda, xorijiy etkazib beruvchilar bilan to’lovlar va moliyaviy hisob-kitoblar sxemalarini ishlab chiqish.