Bizning yondashuv

Bizning yondashuv

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Reestrida 467-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “S.Verenin’s Legal Group” advokatlik firmasi 2004 yildan faoliyat yuritib kelgan “S.Verenin’s” advokatlik byurosini qayta tuzish va 2004 yildan faoliyat yuritib kelgan “ADVICE OPTIM” advokatlik byurosini birlashtirish orqali 2011 yil iyunda tashkil qilingan.

2011 yilda huquqiy voris hisoblangan “S.Verenin’s Legal Group” advokatlik firmasiga birlashtirilgan “S.Verenin’s” va “ADVICE OPTIM” advokatlik byurolari mutaxassislari 2004 yilda firma tashkil qilingan paytdan boshlab biznes-advokatura sifatida faoliyat yuritib, O’zbekiston Respublikasida xorijiy kompaniyalarning amaliy manfaatlarini himoya qilish va ifodalash bo’yicha yetarlicha tajriba to’pladilar.

Firmamizning faoliyat sohasi uning hamkorlari bilan advokatlik amaliyotini amalga oshirish hamda ishonch bildiruvchi shaxslarimizga O’zbekiston Respublikasida biznes yuritish sohasidagi barcha masalalar bo’yicha, jumladan, ishonch bildiruvchi shaxslarimiz tomonidan O’zbekiston Respublikasiga xorijiy investorlar tomonidan moliya resurslarini jalb qilish masalalari bo’yicha yuridik va konsalting xizmatlarini ko’rsatishdan iborat.

“S.Verenin’s Legal Group” advokatlik firmasining barcha xodimlari o’z faoliyatida mijozlar bilan o’zaro munosabatlarda adolat, halollik va xushmuomalalikning yuqori standartlariga amal qiladilar va advokatlik byurosiga yoki uning xodimlari obro’-e’tiboriga zarar etkazishi mumkin bo’lgan har qanday amaliyotdan o’zlarini chetga oladilar.

“Faqat himoyagina emas!” shioriga amal qilib, biz zimmamizga olgan ishlarimizda maksimal samarali yuridik xizmat ko’rsatilishini ta’minlaymiz; mijozlarimizning xohish-istaklariga o’z vaqtida va vijdonan diqqat-e’tibor qaratgan holda ularning manfaatlarini malakali himoya qilamiz.

Firmamiz tomonidan taqdim qilinadigan huquqiy yordam Sizga ko’plab huquqiy muammolarni chetlab o’tish, ular yuzaga kelgan holda esa o’z manfaatlaringizni sud tartibida samarali himoya qilish, O’zbekiston Respublikasida korxonangizning muvaffaqiyatli faoliyati uchun yuridik bazani mustahkamlash imkonini beradi.