Faoliyat shart-sharoitlari

«S.Verenin’s legal group»  advokatlik firmasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Advokatura to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyati kafolatlari va advokatlarni ijtimoiy himoyalash to’g’risida”gi Qonuniga, shuningdek advokatlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy (normativ) hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.

Iqtisodiy huquq «S.Verenin’s legal group» advokatlik firmasining asosiy ixtisoslashuvi hisoblanib, u iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va biznes-tuzilmalar faoliyatiga yuridik hamrohlik qilish masalalarini o’z ichiga oladi. Biz kompaniyalarni huquqiy axborot bilan ta’minlash hamda har bir mijozning alohida o’ziga xos xususiyatlari va uning biznes ehtiyojlari hisobga olingan holda shartnomalar tuzishda yordam beramiz.

Yuridik hamrohlik kompaniyaning o’ziga tegishli yuridik xizmatini bekor qilmaydi, biroq huquqiy himoyalanish darajasini sifat jihatdan oshiradi.

Bizning faoliyat tamoyillarimiz:

  • Qonuniylik;
  • Mas’uliyat va tezkorlik (operativlik);
  • Halollik;
  • Yuqori kasbiy mahorat;
  • Maxfiylik.