O’zbekiston delegatsiyasining Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining Bahorgi yig‘ilishlarida ishtirok etdi

Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo’chqorov va Markaziy bank raisi Mamarizo nurmuratov 19-23-aprel kunlari bahorgi yig’ilishlarning ikki asosiy tadbirida, ya’ni Xalqaro valyuta-moliya qo’mitasi boshqaruvchilar Kengashining 45-yig’ilishi va Jahon banki Guruhining rivojlanish bo’yicha boshqaruvchilar Qo’mitasi Kengashining 105-yig’ilishida ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, Jahon banki rahbariyatining maxsus taklifiga binoan Jamshid Qo’chqorov «Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirish»mavzusida yuqori darajadagi yopiq tadbirda ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Bahor uchrashuvlari doirasida O’zbekiston delegatsiyasi Jahon banki Guruhi Prezidenti Devid Malpass, Xalqaro valyuta jamg’armasi Ijrochi direktori Kristalina Georgieva, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha Guruhi vitse-prezidenti Anna Bird, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi direktori Maxtar Diop, Investitsiyalarni kafolatlash ko’p tomonlama agentligi (MIGA) direktori Xiroshi Matano bilan ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etdi.

Shu bilan birga, tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolangan:

  • O’zbekiston va OPEK xalqaro jamg’armasi o’rtasida 100 million dollarlik qarz shartnomalari;
  • O’zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi o’rtasida 150 mln yevro;
  • Jahon bankining «O’zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash» loyihasini moliyalashtirish bo’yicha 50 mln dollar;
  • Jahon banki bilan «Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini moliyalashtirish uchun 200 million dollar miqdorida imtiyozli mablag’ ajratish bo’yicha;
  • Respublikada shamol elektr stantsiyalarini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha xalqaro moliya korporatsiyasi bilan kelishuv.

Shuningdek, bahorgi uchrashuvlar doirasida 20 dan ortiq xalqaro moliya tashkilotlari, investitsiya banklari va reyting agentliklari bilan muzokaralar o’tkazildi.