Qozog‘iston va O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘ldi

Jahon yadro assotsiatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston uran qazib olish boʻyicha dunyo mamlakatlari reytingida beshinchi oʻrinni saqlab qoldi.

Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda yiliga 3,5 ming tonna uran muntazam ravishda ishlab chiqariladi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Qozog‘iston egallagan – 22 ming tonnaga yaqin, bu jahon yetkazib berishning 45 foizini tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Namibiya – 5753 tonna, Kanada – 4693 tonna va Avstraliya – 4192 tonna.

Tabiiy uranning jahon zahiralari 6,14 million tonnani tashkil etadi, shundan 28 foizi Avstraliyada, 15 foizi Qozog’istonda va 9 foizi Kanadada. Ulardan keyin mos ravishda 8% va 7% ni tashkil etgan Rossiya va Namibiya. O’zbekiston 132 ming tonna (jahon zahiralarining 2 foizi) zahiralari bilan dunyoda 11-o’rinni egallaydi.

Respublikada uran qazib chiqaradigan va uran oksidi shaklidagi tayyor mahsulot eksport qiluvchi yagona korxona Navoiy kon-metallurgiya kombinatidir.