“ALSTOM” kompaniyasi shahar jamoat transportini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor

26-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim va “ALSTOM” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Oreliya Bushez xonim O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holatini yuqori baholadi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jadalligini e’tirof etib, Fransiya kompaniyalari ushbu jarayonlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda bevosita ishtirok etishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida mamlakatimiz shaharlarida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va loyihalar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda «ALSTOM» vakillari shaharlarda temir yo‘l transporti tizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida taqdimot qildilar.