Mo‘g‘uliston kompaniyasi «Chirchiq» texnoparkiga qiziqish bildirdi

2023-yil 27-mart kuni Mo‘g‘ulistonning “TML” MChJ kompaniyasi vakillari Chirchiq kimyo-sanoat texnoparkiga yetib keldi. Bu haqida UzDaily.uz xabar beradi.

Texnopark xodimlari mehmonlar bilan uchrashib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. «TML» kompaniyasi O‘zbekistonda plastik butilkalar uchun blankalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikning birinchi bosqichi yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi va kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

«TML» 2003-yilda tashkil etilgan va biznesning bir qancha sohalariga: ishlab chiqarish, tashqi va ichki savdo, qurilish, ko‘chmas mulk, ekspeditorlik va yo‘llarga texnik xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda kengaydi.