Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrifga tayyorgarlik ko’rish borasidagi ishlarning borishi muhokama qilindi

Joriy yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev raisligida vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari ishtirokida Oʻzbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoni Podshohligiga rejalashtirilgan tashrifiga tayyorgarlik muhokamasiga bagʻishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Tashrifga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Tadbir kun tartibi mazmun-mohiyatini to‘ldirish maqsadida neft-kimyo, tog‘-kon sanoati, qurilish, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, bank va moliya sohalarida investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, Acwa Power kompaniyasi bilan imzolash uchun qoʻshma loyihalar paketini tayyorlashni tezlashtirish, Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group” va “Sabik” kompaniyasi Al-Raji International bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzolashga tayyorgarlik ko‘rsin. Shuningdek, Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Tashrif yakunlari boʻyicha ikki mamlakat oʻrtasida energetika, qishloq xoʻjaligi, innovatsion rivojlanish, transport, taʼlim, turizm, sport, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishni taʼminlaydigan qator shartnoma va memorandumlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilish yakunida bo‘lajak tashrifga sifatli tayyorgarlik ko‘rish doirasida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.