Ozarbayjon bilan ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2022-yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vazirining maslahatchisi E.Medjidov bilan uchrashdi.

Muzokaralar kun tartibi investisiyalar, o‘zaro savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini qamrab oldi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiya va Ishbilarmonlar kengashining 2022-yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish masalasi yuzasidan yakdil qarorga kelindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldilar.