O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Germaniyaga tashrifi doirasida Gamburg Savdo-sanoat palatasi raisi Norbert Aust bilan ham uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va takomillashtirishga doir kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida ikki palata oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida niyat bayonnomasi imzolandi.
Joriy yilning 14-17 sentabr kunlari Germaniya delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Gamburg Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Mazkur hujjat hamkorlikning yangi “oʻsish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash, Oʻzbekiston va Gamburg biznes vakillari oʻrtasida aniq kelishuvlarga erishishga xizmat qiladi.
+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz