Benzin ishlab chiqarish 1,8 foizga oshdi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida 562,7 mln tonna benzi ishlab chiqarilgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga oshdi.

2022-yil oylari boʻyicha ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:

  • yanvarda – 97,8 ming tonna;
  • fevralda – 98,2 ming tonna;
  • mart oyida – 92,6 ming tonna;
  • aprelda – 93,7 ming tonna;
  • may oyida – 92,7 ming tonna;
  • iyun oyida – 87,7 ming tonna.