Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi

Sardor Umurzoqov prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Tegishli farmonni Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Umurzoqov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida ishlab kelgan. Yangi ishga tayinlanishi munosabati bilan Umurzoqov avvalgi ish joyidan ozod etildi.