Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi

Ertaga, 24 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, davlat rahbari forumning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

Tadbirda YeTTB prezidenti Odil-Reno Basso, Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masasugu Asakava, Saudiya Arabistoni podshohligi investisiyalar vaziri Xolid al-Falih, Jahon savdo tashkiloti vitse-prezidenti Syanchen Chjan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Xalqaro moliya korporatsiyasi vitse-prezidenti Stefani fon Friderburg ham qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi sessiyada BBC World News xalqaro telekanalida yangiliklar boshlovchisi sifatida tanilgan, hozirda esa Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kommunikatsiya masalalari bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.