O‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida necha kun dam oladi?

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar bir necha kun ketma-ket dam oladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar quyidagi kunlarda dam oladilar:

  • 2022-yil 20-mart – yakshanba (taqvim bo’yicha dam olish kuni);
  • 2022-yil 21-mart – dushanba (bayram kuni ishlanmaydigan kun);
  • 2022-yil 22-mart – seshanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
  • 2022-yil 23-mart – chorshanba (qo’shimcha ishlanmaydigan kun).

19-mart shanba kuni bo’ladi. Ma’lumki, ayrim davlat va nodavlat muassasalarida ish tartibi besh ish kunidan (dushanba – juma) iborat. Bunda o‘zbeklar besh kun ketma-ket dam oladi.