YTTB vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21-iyul kuni Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov boshchiligidagi Moliya vazirligi vakillari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashdi.

YTTB nomidan yig‘ilishda YTTB Bosh bankiri Nadejda Klyuchnikova, YTTBning O‘zbekistondagi direktori Alkis Drakinos, shuningdek, vazirlik tomonidan Davlat qarzi departamenti direktori Jasur Qarshiboyev ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan maqsad YTTB ishtirokida 2022-yilda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalarni muhokama qilish va yilning ikkinchi yarmiga moʻljallangan maqsadlarni kelishish edi. Uchrashuvda YeTTB loyihalarini amalga oshirish holati, jumladan, “Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 118 ta nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish” va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.