O‘zbekiston 14 davlatga gilos eksport qildi

2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston dunyoning 14 davlatiga 33,3 million AQSh dollarlik 25,4 ming tonna gilos eksport qildi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 12,5 ming tonna;
  • Qozog’iston – 7,7 ming tonna;
  • Qirgʻiz R. — 4,8 ming tonna;
  • Koreya – 183 tonna;
  • Belarusiya – 163 tonna;
  • Polsha – 52 tonna;
  • OAB – 16 tonna.