O‘zbekiston va Bangladesh sanoat sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqda

O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Bangladesh Xalq Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammad Zahangir alam bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tomonlar investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni batafsil muhokama qildilar. Xususan, aniq qo’shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish orqali o’zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo’yicha chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Muhammad Zahangir Alam Bangladesh kompaniyalarining O’zbekiston bozoriga katta qiziqishini qayd etdi. «Bu yerda biznes yuritish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilmoqda»,-dedi diplomat. Shu munosabat bilan uchrashuvda sanoat kooperatsiyasini faollashtirish bo’yicha kelishuvga erishildi. Ushbu bosqichda qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat, to’qimachilik, charm-poyabzal va farmatsevtika tarmoqlarida, jumladan, tayyor mahsulotni uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish bo’yicha loyihalarni ishlab chiqish va qo’shma korxonalar tashkil etish masalasi muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan bir qator boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Masalan, «Toshkent – Dakka – Toshkent» yo’nalishi bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri reyslarni tiklash muhimligi qayd etildi, bu esa Toshkentni Bangladeshdan tranzit qatnovlari uchun markaz sifatida joylashtirish imkonini beradi.

Turizm sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga Bangladeshning «BTV World», «Banglavision», «Jamuna Television», «NTV Bangladesh» kabi taniqli telekanallari jurnalistlarining reklama va reklama roliklari uchun media-kontent tayyorlash maqsadida O‘zbekistonga tashriflari yordam beradi.

Shuningdek, Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida ikki davlat milliy aviatashuvchilari oʻrtasida kod-shering (parvozlarni taqsimlash toʻgʻrisida bitim) tuzish va Bangladesh fuqarolari uchun elektron viza tizimini joriy etish imkoniyatlarini koʻrib chiqish rejalashtirilgan, bu ularning mamlakatga kirishini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Bangladesh hukumatlararo komissiyasining 3-yig‘ilishiga tayyorgarlikni boshlashga kelishib oldilar.