O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston Bosh konsulligi diplomatlari «Koç Holding» Turizmni rivojlantirish, oziq-ovqat va chakana savdo guruhi prezidenti O‘zgur Burak Akkol va «TatGıda» bosh direktori Evren Albash bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

Diplomatik missiyadan ma’lum qilishlaricha, uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad turk tomoniga O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasidagi sarmoyaviy salohiyati haqida ma’lumot yetkazish bo‘lgan.

Koch xolding vakillariga O‘zbekiston, mamlakatimizning sarmoyaviy imkoniyatlari va salohiyati, agrosohada salohiyatli investorlarga berilayotgan imtiyozlar, yaratilgan transport-logistika sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Turkiya tomoni kelgusida hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi, buning uchun yaqin kelajakda «TatGıda» rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.