O’zbekiston va Vengriya ko’p qirrali hamkorlikni kengaytirmoqda

Joriy yilning 30-sentyabr kuni O’zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi doirasida Bosh vazir o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o’rinbosari Levente Magyar bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalarda ko’p qirrali o’zbek – venger hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar qishloq xo’jaligi, suvni tejaydigan texnologiyalar, oziq – ovqat sanoati, farmatsevtika, elektronika, avtomobilsozlik, to’qimachilik, kimyo va metallurgiya, ilm-fan, innovatsiya va ta’lim kabi sohalarda yangi yuqori daromadli investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini ishlab chiqishni o’z ichiga olgan qisqa va o’rta muddatli istiqbolga mo’ljallangan iqtisodiy masalalarni to’liq ko’rib chiqdilar.

Sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Vengriya sarmoyaviy doiralarini O’zbekiston davlat korxonalari va aktivlarini transformatsiyalash va xususiylashtirish jarayoni jalb qilish istiqbollari alohida tartibda muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni qo’llab-quvvatlash va ko’p qirrali sheriklik yo’nalishlarida o’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishildi.

Shu kunning o’zida O’zbekiston Bosh vazirining o’rinbosari –  investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning «Wizz Air», «MasterGood», «KITE», «Eximbank», «Raba» kabi yetakchi venger kompaniyalari va banklari rahbariyati bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish va qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.