O‘zbekiston uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda

Prezident “2022-2030-yillarda uranni ishlab chiqarish, qayta ishlash hajmini oshirish va “Navoiyuron” davlat korxonasini o‘zgartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-2030-yillarda uran qazib olish hajmini ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda.

Hujjatga ko‘ra, ishlab chiqarish hajmini 2021-yildagi 3526 tonnadan 2030-yilda 7100 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Hujjatda, shuningdek, 2022-2030-yillarda geologiya-qidiruv ishlarini faollashtirish hisobiga uran zaxiralarining o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari – 4700 tonnadan 10,5 ming tonnagacha tasdiqlandi.

Qaror bilan respublikada uran qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 460 million dollarlik 20 ta investitsiya loyihasi ro‘yxati tasdiqlandi.