Maskatda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish va Oʻzbekiston-Ummon investitsiyaviy loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

Tashrif bilan Maskat shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Ummon Suveren investitsiya jamg‘armasi raisi o‘rinbosari Shayx Nosir Al-Xarisiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan “UzOmanCapital” investitsiya kompaniyasi salohiyatidan foydalangan holda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish yuzasidan umumiy fikr bildirildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ummon Suveren investitsiya jamg‘armasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha kelishuvga erishildi.