O‘zbekiston eng ko‘p miqdorda Janubiy Koreya, Turkiya va Xitoydan mebellar xarid qilmoqda

Joriy yilning yanvar–mart oylari mobaynida O‘zbekiston dunyoning 41 mamlakatidan 34,8 million AQSH dollari miqdoridagi mebel mahsulotlarini xarid qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, mebel mahsulotlari importi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan qariyb 16,5 million dollarga ko‘paydi.

Mamlakatimiz Koreya Respublikasi (10 million dollar), Turkiya (9,9 million dollar), Xitoy (7,6 million dollar), Rossiya (2,5 million dollar), Italiya (761 ming dollar), Ukraina (419 ming dollar), Belarus (373 ming dollar), Polsha (370 ming dollar), Germaniya (197 ming dollar) va Ispaniya (63,4 ming dollar) singari mamlakatlardan mebel mahsulotlarini xarid qilgan.  

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston joriy yilning dastlabki ikki oyi mobaynida dunyoning 14 mamlakatidan 1,6 million dollar miqdoridagi mebel mahsulotlarini sotib olgan.