Janubiy Koreya BNK Financial Group moliyaviy guruhi O‘zbekiston bozoriga kirishga intilmoqda

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida BNK Financial Group direktorlar Kengashi a’zosi, BNK Financial Group ijrochi direktori Li Du-Xo boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida kompaniyaning O‘zbekiston bank-moliya bozoriga kirishiga doir investisiyaviy rejalari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xorijiy tomon kompaniya faoliyati hamda uning xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajribasi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lumot uchun: BNK Financial Group kompaniyasi «Busan Bank», «Kyongnam Bank», «BNK Capital» va boshqa moliyaviy kompaniyalardan 2011 yilda Pusan shahri (Janubiy Koreya) da tashkil topgan moliyaviy guruhdir. BNK Financial Group Janubiy Koreyada 379 ta filial va 114 ta bo‘lim, shuningdek chet elda 28 ta filial va 3 ta vakolatxonaga ega. BNK Financial Group aktivlari 100 milliard AQSh dollaridan oshadi.

Uchrashuv chog‘ida ikala tomon manfaatlaridan kelib chiqqan holda, mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy investorlar huquqlarini mustahkam himoya qiluvchi O‘zbekiston Qonunchilik bazasini batafsil muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar bir qator qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar. Ularning maqsadi Janubiy Koreyaning moliyaviy guruhi bilan konstruktiv muloqot olib borib, uning O‘zbekiston bozoriga kirishiga yordam berishdir. Buning uchun birgalikda olib boriladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.