Soliq nizolari bo’yicha konsultatsiya va himoya

Siz yuridik yoki jismoniy shaxs hisoblanasiz… Soliq solish masalalari bo’yicha soliq konsultatsiyasi kerakmi? Korporativ soliqni rejalashtirish kerakmi? Bizning yuristlarimizga murojaat qiling.

Biz korporativ soliqni rejalashtirish, qo’shib yuborish va birlashtirish, shuningdek korporativ moliyalash kabi korporativ biznes-operatsiyalar bilan bog’liq murakkab va multi-yurisdiktsiya soliq masalalarini hal qilish sohalarida faoliyat yuritamiz.   

Bizning advokatlarimiz jamoasi korporatsiyalar va moliya institutlari uchun barcha regionlarda soliqqa oid konsultatsiyarni taklif qiladi. Shuningdek, biz jismoniy shaxslar – norezidentlar va korporatsiyalarga soliq solish masalalari bo’yicha konsultatsiyalar beramiz. Soliqni rejalashtirishga ham amaliy, ham ijodiy tarafdan kompleks yondashuvimiz esa optimal soliq foydasini olish uchun investor mamlakatdagi soliqqa oid qonunchilik va amaliyotni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Biz quyidagilarni taqdim qilamiz:

  • optimal soliq foydasini olish uchun investor mamlakatdagi soliq qonunchiligi va amaliyotini hisobga oladigan soliqni rejalashtirishga kompleks va amaliy yondashuv;
  • quyidagi muhim sektorlarda muayyan tajriba: moliya muassasalari, energetika, infratuzilma, xom-ashyo olish, transport.

Faoliyatimiz sohalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • bojxona bojlari va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari;
  • jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish;
  • foydali qazilmalarni qazib olish uchun soliq;
  • soliqni rejalashtirish;
  • transchegara moliyalashtirish soliq tuzilmalari;
  • yagona ijtimoiy soliq;
  • QQS va foyda solig’i.

Biznesni, shuningdek, xalqaro soliqqa tortish masalalarining yuridik nozik tomonlarini yaxshi tushunamiz. Muammolaringizning biznesga yo’naltirilgan yechimlarini taklif etishga intilamiz.

Sizga soliq masalalaringizni hal qilishda yordam beramiz!