Siz ko’chmas mulk, mablag’lar, qimmatli qog’ozlar yoki boshqa mulk egasi bo’lsangiz-u, mulkingizga asossiz ravishda tajovuz qilinayotgan bo’lsa…
Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanishi va qonun bilan qo’riqlanishini unutmang:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday belgilangan:
“Xususiy mulk … daxlsiz va davlat himoyasidadir”.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasida shunday belgilangan:
“Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo’riqlanadi.
Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha sub’ektlarning mulk huquqini buzishdan o’zlarini saqlashlaridan iboratdir”.
“O’zbekiston Respublikasida mulk to’g’risida”gi Qonunning 35-moddasida shunday belgilangan:
“Agar davlat boshqaruv organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining qonunga nomuvofiq hujjati chiqarilishi natijasida mulkdor va unga tegishli mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish bo’yicha boshqa shaxslar huquqlari buzilsa, bunday hujjat mulkdor yoki huquqlari buzilgan shaxs da’vo arizasi bo’yicha sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi”.
Advokatlik firmamiz mutaxassislari Mijozning topshirig’i bo’yicha korxonalarning yuridik tekshiruvlari o’tkazilishini (due diligence), shuningdek yer va boshqa ko’chmas mulkka oid bitimlar bo’yicha huquqiy hamrohlikni (huquqni belgilaydigan hujjatlar va ko’chmas mulk ob’ektining “huquqiy tarixi” o’rganilishini, unga egalik qilish, boshqalar ixtiyoriga o’tkazish huquqiy kontseptsiyasini ishlab chiqish, bitimlarga soliq solinishini optimallashtirish, shartnoma loyihasini tayyorlash, zarur hollarda notarius, baholovchi, sug’urta tashkiloti jalb qilinishini) amalga oshiradilar.
O’z mulkingizni sud tartibida himoya qiling!
+998 78 150-150-6
info@sverenins.uz