Dividendlar bo’yicha qarzlarni undirish

Dividendlar bo’yicha qarzlarni undirish

Siz Jamiyat aktsiyadorisiz, e’lon qilingan foydani olishni mo’ljallagansiz, Jamiyat tomonidan dividendlar to’lovi kechiktirilmoqda yoki umuman to’lanmayaptimi?

Biling-ki, dividendlar olish huquqingiz qonunda mustahkamlangan.

O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 53-moddasida quyidagicha belgilangan: “Jamiyat aktsiyalarning har bir turi bo’yicha e’lon qilingan dividendlarni to’lashi shart”.

Ushbu qonunning 58-moddasida shunday belgilangan: “Dividendlar aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda emitent tomonidan uning aybi bilan to’lanmagan taqdirda, to’lanmagan va olinmagan dividendlar bo’yicha Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi”.

Aktsiyador, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan e’lon qilingan dividendlar to’lanishini sud tartibida talab qilishga haqli. Rad qilingan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qo’llaniladi.

Dividendlar olishda o’z huquqingizni himoya qiling!