{"id":16510,"date":"2023-11-02T20:51:24","date_gmt":"2023-11-02T15:51:24","guid":{"rendered":"http:\/\/sverenins.uz\/?p=16510"},"modified":"2023-11-02T20:51:24","modified_gmt":"2023-11-02T15:51:24","slug":"na-zasedanii-pravleniya-tsentralnogo-banka-byilo-prinyato-reshenie-ostavit-osnovnuyu-stavku-bez-izmeneniy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/na-zasedanii-pravleniya-tsentralnogo-banka-byilo-prinyato-reshenie-ostavit-osnovnuyu-stavku-bez-izmeneniy.html\/","title":{"rendered":"Markaziy bank boshqaruvining yig\u2018ilishida asosiy stavkani o\u2018zgarishsiz qoldirish bo\u2018yicha qaror qabul qilindi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Iqtisodiyotdagi inflyasion jarayonlar va kutilmalar yilning birinchi yarim yilligidagi pasayishdan so\u2018ng, mahsulotlar taklifidagi o\u2018zgarishlar va inflyasion talab omillari fonida biroz tezlashishi kuzatildi, deb <a href=\"https:\/\/cbu.uz\/oz\/monetary-policy\/refinancing-rate\/press-releases\/1451479\/\">xabar beradi<\/a> Markaziy bank matbuot xizmati.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyasiyaning prognoz ko\u2018rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini ta&#8217;minlashga xizmat qiladi.<\/em><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Umumiy inflyasiya<\/strong> yil boshidan pasayuvchi dinamikada shakllanib oxirgi chorakda <strong>9,2 foizgacha<\/strong> tezlashdi. Inflyasiya o\u2018sishining tarkibiy omillari qatorida oziq-ovqat narxlarining <strong>11 foizgacha<\/strong> tezlashishi, meva-sabzavotlar va tartibga solinadigan narxlar o\u2018zgarishining umumiy inflyasiyadagi hissasi ortishi bilan izohlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Bazaviy inflyasiya<\/strong> yil boshidan pasayib sentyabrda <strong>10,3 foizni<\/strong> tashkil qildi. Mazkur pasayish tendensiyasiga qaramay, umumiy inflyasiya bilan sezilarli tafovuti saqlanib qolmoqda. Bu inflyasiyaning barqaror komponentlari narxlarida yuqori o\u2018sish kuzatilayotganini ko\u2018rsatib, iqtisodiyotda nisbatan qat&#8217;iy pul-kredit sharoitlarini ta&#8217;minlashni taqozo qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Aholi va tadbirkorlarning kelgusi 12 oylik inflyasion kutilmalari avgust oyidagi o\u2018sishdan so\u2018ng mos ravishda <strong>13,5<\/strong> va <strong>14,2 foizgacha<\/strong> pasaydi. Iqtisodiyotdagi kutilmalar qisqa muddatli shoklarga yuqori ta&#8217;sirchan bo\u2018lib qolmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Global inflyasion jarayonlarning<\/strong> davomiyligi bo\u2018yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Asosiy savdo hamkorlardagi inflyasiya darajasi va almashuv kurslarining joriy dinamikasidagi vaziyat so\u2018mning real samarali almashuv kursini mustahkamlanishiga bosimlarni kuchaytirmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Iqtisodiyotning <strong>real sektorida<\/strong> ijobiy tendensiyalar kuzatilib, joriy yilning 9 oy yakuniga ko\u2018ra, YaIM o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan<strong> 5,8 foizga<\/strong> o\u2018sdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Iqtisodiy o\u2018sishning yuqori sur&#8217;atlari fiskal rag\u2018batlantirish ta&#8217;sirida iste&#8217;mol xarajatlarining o\u2018sishi hamda markazlashmagan investisiyalar hajmining sezilarli oshishi hisobiga ta&#8217;minlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Iqtisodiyotda yalpi talabning ijobiy o\u2018sish dinamikasi davom etmoqda, bu ko\u2018rsatilayotgan bozor xizmatlari hajmining o\u2018tgan yilga nisbatan <strong>12,1 foizga<\/strong>, savdo va pullik xizmatlardan pul tushumlari hajmining <strong>28 foizga<\/strong> o\u2018sishida namoyon bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, transchegaraviy pul o\u2018tkazmalari yuqori baza effekti hisobiga o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan <strong>33,7 foizga<\/strong> qisqargan bo\u2018lsa-da, 2021-yilning mos davriga nisbatan <strong>1,4<\/strong> barobarga o\u2018sgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Banklararo pul bozoridagi faollikda ham o\u2018sish kuzatilib, o\u2018rtacha tortilgan banklararo depozit va repo stavkalari to\u2018liq foiz koridorida shakllangan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nisbatan qat&#8217;iy pul-kredit sharoitlari iqtisodiyotga ajratilayotgan kreditlarni maqbul o\u2018sish sur&#8217;atlarini ta&#8217;minlashga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, so\u2018nggi oylarda kuzatilgan chakana kreditlardagi yuqori o\u2018sish sur&#8217;atlari makroprudensial choralarni qo\u2018llash orqali muvozanatlashtirilmoqda va kelgusida zaruriyat paydo bo\u2018lgan holda qo\u2018shimcha choralar qo\u2018llanilishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ijobiy real foiz stavkalari depozit bozorining chakana segmentida yuqori faollikni ta&#8217;minlamoqda. Sentyabr oyida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo\u2018yicha o\u2018rtacha tortilgan foiz stavkalari <strong>21,1 foizni<\/strong> tashkil etib, 1-oktyabr holatiga muddatli depozitlar qoldig\u2018ining yillik o\u2018sishi <strong>47,1 foizni<\/strong>, jumladan, jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari o\u2018sishi <strong>52,3 foizni<\/strong> tashkil etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Inflyasiyani oshiruvchi va pasaytiruvchi omillar balansidan kelib chiqib yangilangan prognozlarga ko\u2018ra, joriy yil yakunida inflyasiya <strong>prognoz koridori<\/strong> doirasida shakllanishi kutilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mavsumiy oziq-ovqat narxlarining o\u2018sishi va tartibga solinadigan narxlarga kiritilayotgan o\u2018zgarishlarning umumiy inflyasiyaga birlamchi va ikkilamchi ta&#8217;sirlari kabi inflyasiyani oshiruvchi omillar saqlanib qolmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yalpi talab, narxlar va inflyasion kutilmalarga ta&#8217;sirlarini baholab, barcha pul-kredit instrumentlarini inflyasiyani joriy yilgi prognoz doirasida shakllanishini va o\u2018rta muddatda target ko\u2018rsatkichlariga erishishni ta&#8217;minlashga qaratadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha navbatdagi yig\u2018ilishi 2023-yil 14-dekabrga belgilangan.<\/em><\/span><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iqtisodiyotdagi inflyasion jarayonlar va kutilmalar yilning birinchi yarim yilligidagi pasayishdan so\u2018ng, mahsulotlar taklifidagi o\u2018zgarishlar va inflyasion talab omillari fonida biroz tezlashishi kuzatildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati. Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyasiyaning prognoz ko\u2018rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini ta&#8217;minlashga xizmat qiladi. Umumiy inflyasiya yil boshidan pasayuvchi dinamikada shakllanib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16511,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-16510","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16510","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16510"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16510\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16512,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16510\/revisions\/16512"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16511"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16510"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16510"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16510"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}