{"id":18325,"date":"2025-06-09T22:22:07","date_gmt":"2025-06-09T17:22:07","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=18325"},"modified":"2025-06-09T22:22:07","modified_gmt":"2025-06-09T17:22:07","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%81%d0%bb%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%ba%d0%b8%d1%8f-%d0%b2%d1%8b%d0%b2%d0%b5%d0%bb%d0%b8-%d0%be%d1%82%d0%bd%d0%be%d1%88%d0%b5%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%81%d0%bb%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%ba%d0%b8%d1%8f-%d0%b2%d1%8b%d0%b2%d0%b5%d0%bb%d0%b8-%d0%be%d1%82%d0%bd%d0%be%d1%88%d0%b5%d0%bd.html\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Slovakiya munosabatlari yangi bosqichga ko\u2018tarildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>9-iyun kuni Ko\u2018ksaroy qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning muzokaralari bo\u2018lib o\u2018tdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8193\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c0a7e67b-0f6f-5664-f7a5-734f48a7838a_lists_slider_8193.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14651\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c0a7e67b-0f6f-5664-f7a5-734f48a7838a_lists_slider_8193-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" \/><\/a><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston va Slovakiya o\u2018rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Uchrashuv avvalida O\u2018zbekiston yetakchisi ushbu tashrif ko\u2018p qirrali O\u2018zbekiston-Slovakiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berishini alohida ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Hamkorlik barcha yo\u2018nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tashqi ishlar vazirliklari darajasida konstruktiv siyosiy muloqotlar yo\u2018lga qo\u2018yildi, ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlar faollashdi.<\/p>\n<p>Tovar ayirboshlash ortib bormoqda. May oyida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig\u2018ilishi samarali o\u2018tkazildi. Kooperatsiyaning qator yangi yo\u2018nalishlari va loyihalari ustida ish olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Zamonaviy tahdidlar va oldindan aytib bo\u2018lmaydigan xalqaro vaziyatni hisobga olib, tashqi siyosiy idoralar, shu jumladan Yevropa institutlari bilan sheriklik doirasida tizimli hamkorlik qilish, muvofiqlashtirish va qo\u2018llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/26ec4acb-0763-2388-4bae-331930af9511_lists_slider_8193.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-14650\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/26ec4acb-0763-2388-4bae-331930af9511_lists_slider_8193-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" \/><\/a><\/p>\n<p>Tovar ayirboshlashni ko\u2018paytirish, eng avvalo, o\u2018zaro yetkazib berilayotgan mahsulot turlarini kengaytirish masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistondan to\u2018qimachilik, qishloq xo\u2018jaligi, elektrotexnika, kimyo mahsulotlari, polimerlar, Slovakiyadan esa kauchuk, avtomobil qismlari, farmatsevtika va boshqa sanoat tovarlarini yetkazib berish shular jumlasidan.<\/p>\n<p>Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida imzolanadigan bitimlarni amalga oshirish doirasida texnik to\u2018siqlarni bartaraf etish va kvant etaloni laboratoriyasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Slovakiyaning yetakchi kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli dasturni tayyorlash, jumladan, agrosanoat majmui, avtomobillar uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, &laquo;yashil&raquo; energetika va turizm loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p>Raqamli yechimlarni joriy etish va startap investitsiyalar sohasida katta imkoniyatlar mavjud. Shu ma\u2019noda, IT startaplarini akseleratsiya qilish bo\u2018yicha qo\u2018shma venchur fondini tashkil etish masalasini ishlab chiqish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Shuningdek, qo\u2018shma loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlash uchun mavjud moliyaviy vositalardan keng foydalanish taklif etildi.<\/p>\n<p>Gumanitar sohada ta\u2019lim va akademik almashinuvni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi. Qo\u2018shma tadqiqot dasturlarini, shu jumladan Bratislavadagi Komenskiy universiteti ishtirokida yo\u2018lga qo\u2018yish yuzasidan kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p>Tomonlar o\u2018zaro ko\u2018rgazmalar, kino namoyishlari, konsertlar, shuningdek, muzey ishi sohasidagi loyihalarni o\u2018tkazishni nazarda tutuvchi Madaniyat sohasida hamkorlik dasturini qabul qilishga kelishib oldilar.<\/p>\n<p>Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi. Slovakiya tomoni ushbu sohada tizimli hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yishdan manfaatdor ekani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, ko\u2018p tomonlama maydonlarda o\u2018zaro qo\u2018llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashildi.<\/p>\n<p>Qabul qilingan qaror va kelishuvlarni o\u2018z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli &laquo;yo\u2018l xaritasi&raquo; qabul qilinishi haqida kelishib olindi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>9-iyun kuni Ko\u2018ksaroy qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning muzokaralari bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. O\u2018zbekiston va Slovakiya o\u2018rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko\u2018rib chiqildi. Uchrashuv avvalida O\u2018zbekiston yetakchisi ushbu tashrif ko\u2018p qirrali O\u2018zbekiston-Slovakiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berishini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18326,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-18325","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18325","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18325"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18325\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18327,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18325\/revisions\/18327"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/18326"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18325"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18325"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18325"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}