{"id":18901,"date":"2025-11-05T18:40:29","date_gmt":"2025-11-05T13:40:29","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=18901"},"modified":"2025-11-05T18:52:42","modified_gmt":"2025-11-05T13:52:42","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d1%84%d0%b8%d0%bd%d0%bb%d1%8f%d0%bd%d0%b4%d0%b8%d0%b8-%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d1%84%d0%b8%d0%bd%d0%bb%d1%8f%d0%bd%d0%b4%d0%b8%d0%b8-%d0%be.html\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Finlyandiya Prezidentlari ko\u2018p qirrali hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar"},"content":{"rendered":"<p><strong>Ko\u2018ksaroy qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o\u2018tkazdilar, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8613\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/acc18738-416f-823f-526b-452a152f9810_lists_slider_8613.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-15292\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/acc18738-416f-823f-526b-452a152f9810_lists_slider_8613-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" \/><\/a><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bilan Finlyandiya o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada mustahkamlash istiqbollari atroflicha ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Turli darajalardagi siyosiy muloqot va almashinuvlar jadal rivojlanib borayotgani, biznesga oid sheriklik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zaro savdo hajmi izchil ortib, iqtisodiy va ishbilarmonlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Mamlakatimizda Finlyandiya bilan hamkorlikda Xalqaro Nordik universiteti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, maktab ta\u2019limi sohasidagi dasturlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Bo\u2018lib o\u2018tgan O\u2018zbekiston \u2013 Finlyandiya biznes forumining yakunida umumiy qiymati 1 milliard yevrodan ziyod istiqbolli qo\u2018shma loyihalar portfeli shakllantirildi.<\/p>\n<p>Muzokaralarda tovar ayirboshlashni karrasiga oshirish, shu jumladan, o\u2018zaro mahsulot yetkazib berishni rag\u2018batlantirish uchun Savdoni moliyalashtirish qo\u2018shma jamg\u2018armasini tashkil etish imkoniyatlari ham ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/8c16233c-8fe2-1f49-4549-514373a2f258_lists_slider_8613.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-15293\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/8c16233c-8fe2-1f49-4549-514373a2f258_lists_slider_8613-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" \/><\/a><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston qishloq xo\u2018jaligi va to\u2018qimachilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozorlariga olib chiqish uchun sertifikatlash laboratoriyalarini ochish tashabbuslari qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Geologiya va muhim materiallar, energetika, agrosanoat, raqamlashtirish, sun\u2019iy intellekt, ekologiya, turizm va boshqa muhim tarmoqlarda kooperatsiyani kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratildi.<\/p>\n<p>2026-yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig\u2018ilishini o\u2018tkazish va Ishbilarmonlar kengashini ta\u2019sis etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Hududlararo hamkorlikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Ta\u2019lim, tibbiyot hamda mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlik masalalari ham ko\u2018rib chiqildi. Kelgusi yilda birinchi Rektorlar va innovatsiyalar forumini o\u2018tkazish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ko\u2018ksaroy qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o\u2018tkazdilar, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. O\u2018zbekiston bilan Finlyandiya o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada mustahkamlash istiqbollari atroflicha ko\u2018rib chiqildi. Turli darajalardagi siyosiy muloqot va almashinuvlar jadal rivojlanib borayotgani, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18902,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-18901","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18901","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18901"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18901\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18906,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18901\/revisions\/18906"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/18902"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18901"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18901"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18901"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}