{"id":19604,"date":"2026-03-30T14:21:27","date_gmt":"2026-03-30T09:21:27","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=19604"},"modified":"2026-03-30T13:33:36","modified_gmt":"2026-03-30T08:33:36","slug":"%d0%bb%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d1%82%d0%b0%d0%b4%d0%b6%d0%b8%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bb%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b8-%d1%82%d0%b0%d0%b4%d0%b6%d0%b8%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80.html\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston va Tojikiston yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig\u02bbilishini o\u02bbtkazdilar"},"content":{"rendered":"<p><strong>26-mart kuni Ko\u02bbksaroy qarorgohida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tor doirada muzokara va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig\u02bbilishini o\u02bbtkazdilar, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9052\">xabar qilmoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/eab5a955-2761-cc67-da91-eef208207de1_lists_slider_9052.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16089\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/eab5a955-2761-cc67-da91-eef208207de1_lists_slider_9052.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentining ushbu davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo\u02bblib, ikki mamlakat o\u02bbrtasidagi ko\u02bbp asrlik do\u02bbstlik, yaxshi qo\u02bbshnichilik va o\u02bbzaro hurmat rishtalarini mustahkamlashda yana bir muhim qadam ekanini alohida ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Bugun biz Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig\u02bbilishini boshlab bermoqdamiz. Ushbu format, shubhasiz, ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u02bbtaradi, O\u02bbzbekiston \u2013 Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini amaliy mazmun va ilg\u02bbor tashabbuslar bilan boyitishga xizmat qiladi,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Hukumatlar, parlamentlar va idoralar darajasidagi faol va yaqin aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/p>\n<p>Tashrifga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yig\u02bbilishi, sanoat ko\u02bbrgazmasi va hududlar, rektorlar, olimlar, yoshlar va tahlil markazlarining forumlari muvaffaqiyatli tashkil qilindi. Ayni paytda mamlakatimizda Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari o\u02bbtkazilmoqda.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda tomonlar hamkorlikning yangi yo\u02bbnalishlarini batafsil muhokama qilib, ishga solinmagan imkoniyatlardan foydalanish yo\u02bbllarini tahlil qildilar hamda o\u02bbzaro manfaatli O\u02bbzbekiston \u2013 Tojikiston hamkorligini mustahkamlashga katta sur\u02bcat bag\u02bbishlaydigan bir qator muhim qarorlarni qabul qildilar.<\/p>\n<p>O\u02bbzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rag\u02bbbatlantirish, transport sohasida o\u02bbzaro bog\u02bbliqlikni mustahkamlash, suv va energetika xavfsizligini kuchaytirish choralariga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan yili tovar ayirboshlash hajmi, eng avvalo, tayyor mahsulotlarni o\u02bbzaro yetkazib berish hisobiga qariyb 1 milliard dollarga yetdi.<\/p>\n<p>Sanoat, qurilish, qishloq xo\u02bbjaligi, to\u02bbqimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika va boshqa ko\u02bbplab sohalarda qator kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Bugungi kunda ikki mamlakat poytaxtlari o\u02bbrtasida aviareyslar, avtobus va poyezd qatnovlari yo\u02bblga qo\u02bbyilgan. Yuk tashish hajmi jadal o\u02bbsib bormoqda.<\/p>\n<p>2028-yilga kelib, o\u02bbzaro savdoni 2 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>\u201cOybek \u2013 Fotihobod\u201d chegaraoldi savdo markazini barpo etishni tezlashtirish, mahsulotlarni sertifikatlash va \u201cE-Permit\u201d ruxsatnomalarni almashish raqamli tizimlarini yo\u02bblga qo\u02bbyish, chegara nazorat punktlarini modernizatsiya qilish bo\u02bbyicha erishilgan kelishuvlar bu marraga yetishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, tog\u02bb-kon, energetika, qishloq xo\u02bbjaligi, elektrotexnika, yengil sanoat, qurilish va boshqa sohalardagi loyihalarni o\u02bbz ichiga olgan alohida Sanoat kooperatsiyasi dasturi qabul qilinmoqda.<\/p>\n<p>Istiqbolli loyihalarni qo\u02bbllab-quvvatlash uchun qo\u02bbshma Investitsiya kompaniyasining kapitalini kengaytirish muhimligi ta\u02bckidlandi. Shuningdek, bugun ikki mamlakat hududida yangi qo\u02bbshma loyihalarni amalga oshirishga start beriladi.<\/p>\n<p>Energetika, suv resurslarini boshqarish, transport va boshqa ko\u02bbplab sohalardagi sheriklik atroflicha ko\u02bbrib chiqilib, hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.<\/p>\n<p>Yetakchilar hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, gumanitar, ta\u02bclim va ilmiy almashinuvlarni rag\u02bbbatlantirishga kelishib oldilar.<\/p>\n<p>Yirik diasporalar mavjudligini hisobga olib, madaniy va gumanitar aloqalarni mustahkamlash bo\u02bbyicha besh yillik chora-tadbirlar rejasini qabul qilish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyoda ko\u02bbp tomonlama tuzilmalar va mintaqaviy formatlar doirasida yaqin muloqot va o\u02bbzaro qo\u02bbllab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi ta\u02bckidlandi. Xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni faollashtirish bo\u02bbyicha kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda Hukumatlararo komissiya hamraislari \u2013 ikki mamlakat Bosh vazirlarining hamkorlikning asosiy yo\u02bbnalishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.<\/p>\n<p>Yakunda erishilgan kelishuvlarning to\u02bbliq amalga oshirilishini ta\u02bcminlash uchun keng qamrovli \u201cyo\u02bbl xaritasi\u201d qabul qilinishi belgilandi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>26-mart kuni Ko\u02bbksaroy qarorgohida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tor doirada muzokara va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig\u02bbilishini o\u02bbtkazdilar, deb xabar qilmoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentining ushbu davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo\u02bblib, ikki mamlakat o\u02bbrtasidagi ko\u02bbp asrlik do\u02bbstlik, yaxshi qo\u02bbshnichilik va o\u02bbzaro hurmat rishtalarini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19605,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-19604","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19604","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19604"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19604\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19607,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19604\/revisions\/19607"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/19605"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19604"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19604"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19604"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}