{"id":19718,"date":"2026-04-27T17:51:53","date_gmt":"2026-04-27T12:51:53","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=19718"},"modified":"2026-04-27T17:16:39","modified_gmt":"2026-04-27T12:16:39","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b0%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7%d0%b8%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d1%8b-%d1%82%d0%b5%d0%bc%d0%bf%d1%8b-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b0%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7%d0%b8%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bd%d1%8b-%d1%82%d0%b5%d0%bc%d0%bf%d1%8b-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%be.html\/","title":{"rendered":"Iqtisodiy o\u02bbsish sur\u02bcatlari tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel kuni joriy yilning birinchi choragida hudud va tarmoqlardagi iqtisodiy o\u2018sish tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9140\">xabar qilmoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d07498ff-65ba-1a7b-c39d-0cf9d8ee8814_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16230\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d07498ff-65ba-1a7b-c39d-0cf9d8ee8814_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Yig\u02bbilish avvalida joriy yilning birinchi choragida erishilgan makroiqtisodiy natijalar ko\u02bbrib chiqildi. Xususan, yalpi ichki mahsulot 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xo\u02bbjaligi 5,1 foizga o\u02bbsdi. Eksport 5,8 milliard dollarni, xorijiy investitsiyalar hajmi 13,7 milliard dollarni tashkil qildi. Inflyatsiya yillik hisobda ilk bor 7,1 foizgacha pasaydi.<\/p>\n<p>Buning hisobiga yanvar-mart oylarida budjet daromadlari o\u02bbtgan yilga nisbatan 35 foizga ko\u02bbpayib, 103 trillion so\u02bbmga yetdi. Mahalliy budjetlarda qo\u02bbshimcha 2 trillion 200 milliard so\u02bbm mablag\u02bb shakllandi. Muhimi, shundan 1 trillion 400 milliard so\u02bbmi tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni xalqaro miqyosda yangi bosqichga olib chiqish uchun tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini ta\u02bckidladi. Jumladan, kelasi oy 2 milliard 400 million dollarlik davlat aktivlarining 30 foizi ilk bor xalqaro fond bozorlariga chiqarilishi qayd etildi. Bu Milliy investitsiya jamg\u02bbarmasi tashkil etilib, 13 ta strategik korxona boshqaruvi nufuzli \u201cFranklin Templeton\u201d kompaniyasiga berilgani bilan bog\u02bbliq.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan hafta Xalqaro valyuta jamg\u02bbarmasi e\u02bclon qilgan hisobotda yuqori iqtisodiy faollik orqali O\u02bbzbekiston kuchli va barqaror iqtisodiy o\u02bbsishni saqlab qolayotgani qayd etilgani ta\u02bckidlandi. Shuningdek, joriy yil mamlakatimiz nufuzli \u201cIqtisodiy erkinlik indeksi\u201dda 14 pog\u02bbona yuqorilab, ilk bor \u201ciqtisodiyoti mo\u02bbtadil erkin\u201d davlatlar qatoridan joy oldi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Prezidentimiz birinchi chorakdagi natijalarga mahliyo bo\u02bblib, xotirjamlikka berilish mutlaqo noto\u02bbg\u02bbri ekanini ta\u02bckidladi. Global ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar va yetakchilik uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda dunyo iqtisodiyoti avvalgidek \u201csokin\u201d bo\u02bblmasligi, bunday vaziyatda barcha rahbarlar o\u02bbz ish uslubi, yondashuvi va dunyoqarashini tubdan o\u02bbzgartirishi zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda kichik va o\u2018rta biznesni rivojlantirish masalalari alohida tahlil qilindi. Joriy yil banklar orqali ushbu yo\u02bbnalishga 140 trillion so\u02bbm yo\u02bbnaltirilmoqda. Masalan, kichik biznesga berilgan har 1 milliard so\u02bbm kredit hisobiga Shirin shahrida 20 ta, Uchquduqda 17 ta, Xonobod va So\u02bbxda 14 tadan, Tomdi tumanida 13 ta doimiy ish o\u02bbrni yaratilgan.<\/p>\n<p>Biroq Uchko\u02bbprik, Piskent, Bo\u02bbstonliq, Karmana, Qo\u02bbrg\u02bbontepa tumanlarida 1 milliard so\u02bbmlik kreditga o\u02bbrtacha 3 ta ish o\u02bbrni to\u02bbg\u02bbri kelmoqda.<\/p>\n<p>Shu bois, kredit resurslarini taqsimlashda sun\u02bciy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Soha mas\u02bcullariga tuman banklarini sun\u02bciy intellekt bilan ishlashga o\u02bbqitishni boshlash, banklarda \u201cSun\u02bciy intellekt maslahatchisi\u201d platformasini ishga tushirish topshirildi. Bu platforma tadbirkorlarga kredit olish uchun loyihaning parametrlari, risklari va bozordagi talabni tahlil qilib, tayyor yechimlar berishi kerakligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlar bilan ishlashdagi kamchiliklar ham keskin tanqid qilindi. Ayrim rahbarlar tadbirkor muammosini hal qilish o\u02bbrniga mas\u02bculiyatdan qochayotgani, masala respublika darajasiga chiqqach, o\u02bbzini oqlash bilan ovora bo\u02bblayotgani ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Masalan, Nurafshon shahrida byurokratik to\u02bbsiqlar sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmayotgan tadbirkorga yordam berish o\u02bbrniga bu ma\u02bclumot Prezident darajasiga qanday yetib borganini qidirish bilan ovora bo\u02bblingani tanqid qilindi. Shuningdek, G\u02bbuzor, Narpay, Urganch, Yangi yo\u02bbl, Chinoz tumanlarida tadbirkorlik infratuzilmasi uchun ajratilgan 262 milliard so\u02bbm mablag\u02bb bo\u02bbla turib, loyihalar boshlanmagani qayd etildi. Tegishli viloyat hokimlariga bunday rahbarlarning lavozimiga loyiqligini ko\u02bbrib chiqish topshirildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda inflyatsiyani jilovlash masalasiga alohida e\u02bctibor qaratildi. Davlatimiz rahbari iqtisodiyot o\u02bbsgani bilan agar inflyatsiya ham oshsa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o\u02bbzgarish sezilmasligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Yil boshidan dunyoda neft narxi 40 foizga oshdi. Ziddiyatlar oqibatida logistika koridorlari o\u02bbzgarib, mahalliy mahsulotlar eksporti va asosiy iste\u02bcmol tovarlari importida tashish xarajatlari 25-30 foizga ko\u02bbpaymoqda. Bu ichki narx-navoga qo\u02bbshimcha bosim yuzaga keltirmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, tashqi bosimlarni bahona qilib, inflyatsiya bo\u02bbyicha ishlarni o\u02bbz holiga tashlab qo\u02bbymaslik kerakligi ta\u02bckidlandi. Iste\u02bcmol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi mahalliy ekani qayd etilib, mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko\u02bbpaytirish va narxlarni arzonlashtirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Oziq-ovqat xavfsizligi masalalari ham atroflicha ko\u02bbrib chiqildi. Logistikadagi uzilishlar oqibatida birinchi chorakda qoramol importi ikki karra kamaygan. Bunga tezkor yechim sifatida samolyotda tashiladigan har bir naslli qoramol uchun 4 million so\u02bbmgacha, go\u02bbsht importida esa transport xarajatining yarmini qoplash yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Ikkinchi chorakda 45 ming tonna, yil yakunigacha jami 130 ming tonna go\u02bbsht importini ta\u02bcminlash zarurligi qayd etildi. Mutasaddilarga qaysi yo\u02bbnalishda to\u02bbsiq bo\u02bblsa yoki yuk to\u02bbxtab qolsa, tadbirkorlar murojaat qilishini kutmasdan, onlayn monitoring orqali tezkor yechim berish topshirildi.<\/p>\n<p>Hududlarda 478 ming gektarda ozuqa ekinlari ekilishi rejalashtirilgan. Lekin Namanganda ozuqa yerlarining 74 foiziga haligacha ekin ekilmagani, chorvachilikda imkoniyati yuqori bo\u02bblgan Zarbdor, Qiziltepa va Pop tumanlarida silos ekish boshlanmagani, Amudaryo, G\u02bbijduvon, Xonqa va Bag\u02bbdodda ham ishlar qoniqarsiz ekani tanqid qilindi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64c1d9d1-cf88-49eb-ef7d-13d531567d24_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16231\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/64c1d9d1-cf88-49eb-ef7d-13d531567d24_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Yana 100 ming gektar ekin yerini yangi tizim asosida auksionga chiqarish belgilangan. Mazkur yerlarni tezkor auksionga chiqarib, ekin ekish zarurligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Sanoat plantatsiyalari tashkil etadigan tadbirkorlarga imtiyoz va moliyaviy resurslar berilayotgani qayd etilib, viloyat hokimlariga bu yil kamida 5 tadan yirik sanoatlashgan meva-sabzavot plantatsiyasini namunali tashkil etish topshirildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda sanoat va eksport masalalari ham tanqidiy tahlil qilindi. Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo\u02bbrg\u02bbon, Furqat, Shovot, Shayxontohur va Sergeli tumanlari sanoat prognoziga chiqa olmagani qayd etildi. Ushbu 13 ta tuman hokimiga prognozga qancha yetmaganiga qarab intizomiy chora ko\u02bbrish topshirildi.<\/p>\n<p>Ichki bozorda mis taklifi ko\u02bbpaytirilgan bo\u02bblsa-da, qayta ishlash oyiga 6 ming tonnadan oshmayotgani ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Oqibatda birinchi chorakda elektrotexnika sohasida sanoat o\u02bbsishi prognozdagi 11,2 foiz o\u02bbrniga 7,8 foizni tashkil qildi, eksport prognozi esa 57 foizga bajarildi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga ishlab chiqarishi va eksporti kamaygan har bir korxonaga borib, eksportni moliyalashtirish hamda investitsiya loyihalari bo\u02bbyicha muammolarni joyida hal qilish topshirildi. Ikkinchi chorak yakuni bilan sohada ishlab chiqarishni 25 trillion so\u02bbmga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Korxonalarda resurs samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish masalasiga ham e\u02bctibor qaratildi. Ko\u02bbp davlatlar sanoat va servisda \u201cKayzen\u201d, \u201cLean production\u201d kabi progressiv usullarni qo\u02bbllayotgani, mamlakatimizda ham 50 ga yaqin tadbirkor bunday yondashuvlarni joriy etishni boshlagani aytildi. Biroq bu yetarli emasligi qayd etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil 100 ta korxonada samaradorlikni oshirish bo\u02bbyicha ilg\u02bbor dasturlarni joriy etish, buning uchun 30 million dollar grant jalb qilish topshirildi.<\/p>\n<p>Eksportchilarni qo\u02bbllab-quvvatlash bo\u02bbyicha ham kamchiliklar ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. So\u02bbnggi olti oyda 908 ta tadbirkor 3 milliard 600 million dollarlik shartnoma tuzgan bo\u02bblsa-da, hamkorlardagi vaziyat o\u02bbzgargani sababli eksportni boshlay olmagan. Ayrim hokimlar esa ularga yordam berish o\u02bbrniga vaziyatni o\u02bbz holiga tashlab qo\u02bbygan.<\/p>\n<p>Oqibatda birinchi chorakda eksport Norin, Kasbi, Sherobod, Yozyovon va Denovda 2 karradan ziyod kamaygan. Shahrisabz, Uchquduq, Parkent, Toshkent tumanlari, Jizzax, Navoiy, Namangan, Angren, Bekobod va Nurafshon shaharlarida esa eksport prognozi 70 foizga ham yetmagan. Ushbu hudud rahbarlari birinchi yarim yillikda o\u02bbsishni ta\u02bcminlamasa, qat\u02bciy xulosa qilinishi ma\u02bclum qilindi.<\/p>\n<p>Sanoat zonalaridan samarali foydalanish masalasi ham ko\u02bbrib chiqildi. Budjet hisobidan yo\u02bbl, elektr va suv infratuzilmasi olib borilgan 226 ta sanoat zonasidagi 213 gektar maydonda haligacha loyiha boshlanmagani tanqid qilindi. Shu bilan birga, 27 ta sanoat zonasida loyihalar joylashtirilgan bo\u02bblsa-da, infratuzilma yetib bormagan.<\/p>\n<p>Viloyat hokimlarining investitsiya bo\u02bbyicha o\u02bbrinbosarlari zimmasiga infratuzilmasi bor sanoat zonalaridagi bo\u02bbsh yerlarga joylashtiriladigan loyihalar portfelini shakllantirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Davlat idoralarini ixchamlashtirish va biznes uchun yangi maydonlar ochish masalasi ham muhokama qilindi. Tumanlardagi markaziy ko\u02bbchalar va aholi gavjum joylarning katta qismida davlat idoralari joylashgani qayd etildi. \u201cKo\u02bbkdala tajribasi\u201d asosida 19 ta tuman va shaharda davlat idoralarini yagona ma\u02bcmuriy markazga ko\u02bbchirish boshlanmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur ishlarni barcha tumanlarda tashkil etish orqali davlat idoralarida yiliga 1 milliard 800 million kilovatt-soat elektr va 340 million kub metr gaz tejalishi, biznes uchun 5 million kvadrat metr joy ochilishi mumkinligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Shu maqsadda besh yillik dastur tayyorlash, joriy yil 26 ta tumanda davlat idoralarini bir joyga ko\u02bbchirishni boshlash topshirildi. Yangi ma\u02bcmuriy markazlar qurishda har bir xodimga to\u02bbg\u02bbri keladigan maydon o\u02bbrtacha 15 kvadrat metrdan oshmasligi belgilandi.<\/p>\n<p>Investitsiya loyihalari sifatiga alohida e\u02bctibor qaratildi. Davlatimiz rahbari har bir yangi loyiha, har bir dollar sarmoya faqat va faqat qo\u02bbshilgan qiymat, yuqori daromadli ish o\u02bbrni va eksportni ko\u02bbpaytirishga xizmat qilishi kerakligini ta\u02bckidladi. Barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo\u02bblishi shartligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ushbu loyihalar ishga tushirilganidan keyin ularni monitoring qilish platformasi yaratilgan. Masalan, oxirgi uch yilda ishga tushgan 688 ta korxonadan 210 tasi quvvatidan to\u02bbliq foydalanmayotgani aniqlangan. Oqibatda 33 trillion so\u02bbmlik ishlab chiqarish boy berilgan, 23 ming ish o\u02bbrni bo\u02bbsh turibdi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga ushbu 210 ta korxona kesimida \u201cyo\u02bbl xaritasi\u201d tuzib, muammolar yechimi bo\u02bbyicha aniq muddat va mas\u02bcullarni belgilash topshirildi.<\/p>\n<p>Joriy yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish maqsad qilingan. Prezidentimiz rahbarlar birinchi qadamdanoq to\u02bbg\u02bbri loyiha tanlab, unga mos salohiyatli investor topsagina, investitsiyada sifat bo\u02bblishini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga sun\u02bciy intellekt yordamida mavjud quvvatlar, ichki va tashqi bozordagi talabni o\u02bbrganib, qaysi hududda qanday loyiha qilish bo\u02bbyicha yechim beradigan platformani ishga tushirish topshirildi. Investorlar va konsalting kompaniyalariga ushbu platformadan \u201cyagona darcha\u201d tamoyili asosida foydalanish uchun sharoit yaratiladi.<\/p>\n<p>Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyati ham tahlil qilindi. Yurtimizda bunday 18 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Lekin ishlab chiqarishi bor 526 ta korxona biror marta ham eksport qilmagan. Yana 767 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faqat chetdan tovar olib kelib, sotish bilan shug\u02bbullanmoqda.<\/p>\n<p>Ular bilan ishlab, chetdan mahsulot olib kelib sotayotgan korxonalarga shu yerning o\u02bbzida ishlab chiqarishni yo\u02bblga qo\u02bbyish bo\u02bbyicha loyihalar taklif qilish, ularni mahalliy tadbirkorlar bilan bog\u02bblash, ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo\u02bbyicha kooperatsiyani yo\u02bblga qo\u02bbyish, ichki bozorda ishlayotgan korxonalarga eksportga chiqishda ko\u02bbmak berish zarurligi ta\u02bckidlandi. Mutasaddilarga bu borada alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda \u201cAqlli tuman\u201d platformasi va vaziyat-tahlil markazlari tajribasini kengaytirish masalasi ham ko\u02bbrib chiqildi. Davlatimiz rahbari kecha Mirzo Ulug\u02bbbek tumanidagi situatsion-tahlil markazida mazkur platforma qanday tashkil qilingani bilan tanishgani qayd etildi. Bugun barcha viloyat hokimlari ushbu tumanga borib, yangi tizim qanday ishlayotgani, mahallalar qiyofasi va qurilishlar holati bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Viloyat hokimlariga ikki oyda ushbu tajriba asosida viloyat markazlari va yirik shaharlarda xuddi shunday situatsion-tahlil markazlarini ishga tushirish topshirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari barcha darajadagi rahbarlar bugungi murakkab vaziyatda natija uchun shaxsan mas\u02bcul ekanini ta\u02bckidladi. Iqtisodiy o\u02bbsishni ta\u02bcminlash, inflyatsiyani jilovlash, ish o\u02bbrinlari yaratish, eksportni ko\u02bbpaytirish, investitsiya sifati va tadbirkorlar muammolarini hal qilish har bir rahbar faoliyatining asosiy mezoni bo\u02bblishi belgilandi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning hisobotlari tinglandi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel kuni joriy yilning birinchi choragida hudud va tarmoqlardagi iqtisodiy o\u2018sish tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi, deb xabar qilmoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Yig\u02bbilish avvalida joriy yilning birinchi choragida erishilgan makroiqtisodiy natijalar ko\u02bbrib chiqildi. Xususan, yalpi ichki mahsulot 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19719,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-19718","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19718","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19718"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19718\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19724,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19718\/revisions\/19724"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/19719"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19718"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19718"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19718"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}