{"id":19851,"date":"2026-05-15T11:24:49","date_gmt":"2026-05-15T06:24:49","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=19851"},"modified":"2026-05-15T11:24:49","modified_gmt":"2026-05-15T06:24:49","slug":"%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d0%b4%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%b5%d0%b9%d1%88%d0%b5%d0%bc%d1%83-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d0%b4%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%b5%d0%b9%d1%88%d0%b5%d0%bc%d1%83-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2.html\/","title":{"rendered":"Jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirish choralari ko\u02bbrib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda jamoat transportini yanada yaxshilash va bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9186\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/897a2e27-b6f8-d838-dc2c-5871443ea6ea_lists_slider_9186.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16369\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/897a2e27-b6f8-d838-dc2c-5871443ea6ea_lists_slider_9186.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda aholiga qulay, xavfsiz va ekologik toza jamoat transporti xizmatini ko\u02bbrsatish bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oxirgi uch yilda poytaxt va viloyat markazlariga 2 ming 650 ta zamonaviy elektrobus va avtobuslar olib kelindi. Brutto-shartnoma asosida 279 ta muntazam yo\u02bbnalish yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Natijada har kuni yo\u02bbnalishga chiqayotgan avtobuslar soni 3 ming 150 taga yetdi. Kunlik qatnovlar soni 2022-yildagi 18 mingtadan 45,2 mingtaga, yo\u02bblovchilar oqimi esa 900 ming nafardan 2,3 million nafarga oshdi. Shu orqali 4,8 mingta yangi ish o\u02bbrni yaratildi.<\/p>\n<p>Taqdimotda jamoat transportini yanada rivojlantirish bo\u02bbyicha navbatdagi vazifalar ko\u02bbrib chiqildi. Urbanizatsiya jarayonlari tezlashayotgani, poytaxt va viloyat markazlariga tutash hududlarda aholi harakati keskin ko\u02bbpaygani sababli shaharlarga kirishda qatnovlar 30 foizga oshgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan shahar jamoat transportini yagona aglomeratsiya tizimiga o\u02bbtkazish taklif qilindi. Bunda shaharlar atrofidagi 12 kilometrgacha bo\u02bblgan hududlarga qatnaydigan avtobus yo\u02bbnalishlari ham brutto-shartnoma tizimi bilan qamrab olinadi.<\/p>\n<p>Jumladan, Toshkent viloyatining Nazarbek, Shifobaxsh suvlar va Uch Qahramon hududlarini poytaxt bilan bog\u02bblash orqali avtomobillar oqimini kamida 20 foizga kamaytirish mumkinligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Umuman, poytaxtda 19 ta, viloyat markazlarida 79 ta shunday yo\u02bbnalish tashkil etish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi temir yo\u02bbl qatnovlarini o\u02bbzaro bog\u02bblash maqsadida \u201celektropoyezd \u2013 avtobus\u201d, \u201celektropoyezd \u2013 metro\u201d kabi qulay tariflarni joriy etish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Qolaversa, viloyat markazlarida jamoat transporti harakat tarkibini yangilash zarurligi ta\u02bckidlandi. Hisob-kitoblarga ko\u02bbra, hududlarda yana 1,5 mingta katta va o\u02bbrta sig\u02bbimli avtobuslarga ehtiyoj bor. Shu bois, zamonaviy avtobuslar olib kelishni rag\u02bbbatlantirish, tadbirkorlar uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, kredit liniyalarini yo\u02bblga qo\u02bbyish bo\u02bbyicha takliflar bildirildi. Jumladan, tadbirkorlarni qo\u02bbllab-quvvatlash maqsadida avtobuslarni import qilishda utilizatsiya yig\u02bbimidan ozod qilish muddatini yana 2 yilga uzaytirish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Taqdimotda avtobus haydovchilari uchun munosib va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish masalasiga alohida e\u02bctibor qaratildi. Bugungi kunda ayrim haydovchilar me\u02bcyordan ortiq ishlayotgani xizmat sifatiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotgani qayd etildi. O\u02bbtgan yili poytaxtning o\u02bbzida haydovchilarning xatti-harakatlari va muomalasi yuzasidan aholidan 1 ming 670 ta shikoyat kelib tushgan. Avtobuslar ishtirokida 109 ta yo\u02bbl-transport hodisasi sodir bo\u02bblgan.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan brutto-shartnoma tizimini takomillashtirish, bir avtobusga to\u02bbg\u02bbri keladigan haydovchilar sonini 2 nafardan 3 nafarga oshirish, harakat xavfsizligi va xizmat madaniyatini kuchaytirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Jamoat transportida bajarilgan ish hajmi va sifatini baholash uchun har bir viloyatda dispetcherlik markazlari tashkil etilgan. Buning natijasida harakat jadvaliga muvofiq bajarilayotgan qatnovlar ulushi 90 foizga yetdi.<\/p>\n<p>Endi ushbu tizimlarga sun\u02bciy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali yo\u02bblovchilar oqimiga mos ravishda avtobuslar harakatini tashkil qilish taklif etilmoqda. Bu bir yo\u02bblovchini tashish tannarxini 10-15 foizga qisqartirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari jamoat transportini rivojlantirishda aholi soni ko\u02bbp shaharlar bilan birga turizm markazlarini ham qamrab olish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Samarqand va Namanganni aholisi bir millionlik shaharlarga aylantirish bo\u02bbyicha belgilangan maqsadlardan kelib chiqib, mazkur hududlarda aholi va sayyohlar uchun zamonaviy \u201cyashil transport\u201d yo\u02bbnalishlarini ko\u02bbpaytirish bo\u02bbyicha aniq master-rejalar ishlab chiqish topshirildi.<\/p>\n<p>Oxirgi yillarda Xiva shahriga turistlar oqimi 3 karra ko\u02bbpaygani, bu esa qulay jamoat transportiga ehtiyojni keskin oshirgani qayd etildi. Shu bois, Xiva, Shahrisabz, Marg\u02bbilon, Qo\u02bbqon kabi yirik turizm maskanlarida ham jamoat transportini rivojlantirish dasturini boshlash zarurligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz jamoat transporti aholi kundalik hayoti sifati, shaharlardagi harakat madaniyati, ekologiya va iqtisodiy faollik bilan bevosita bog\u02bbliq muhim soha ekanini ta\u02bckidlab, mutasaddilarga transport xizmatlari qulayligi va xavfsizligini oshirish, yo\u02bbnalishlarni aglomeratsiya tamoyili asosida kengaytirish, sohada raqamlashtirish hamda sun\u02bciy intellekt yechimlarini joriy etish bo\u02bbyicha aniq topshiriqlar berdi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda jamoat transportini yanada yaxshilash va bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. So\u02bbnggi yillarda aholiga qulay, xavfsiz va ekologik toza jamoat transporti xizmatini ko\u02bbrsatish bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oxirgi uch yilda poytaxt va viloyat markazlariga 2 ming 650 ta zamonaviy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19852,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-19851","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19851","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19851"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19851\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19853,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19851\/revisions\/19853"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/19852"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19851"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19851"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19851"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}