{"id":20103,"date":"2026-06-09T16:36:46","date_gmt":"2026-06-09T11:36:46","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20103"},"modified":"2026-06-09T16:36:46","modified_gmt":"2026-06-09T11:36:46","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%b8%d0%bb-%d1%81-%d0%bd%d0%be%d0%b2-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%b8%d0%bb-%d1%81-%d0%bd%d0%be%d0%b2-2.html\/","title":{"rendered":"Prezidentimiz O\u02bbzbekiston \u2013 Rossiya hamkorligini rivojlantirish bo\u02bbyicha yangi takliflarni ilgari surdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida bo\u02bblib o\u02bbtayotgan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig\u02bbilishida ishtirok etdi va nutq so\u02bbzladi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9285\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/cdf1cc4c-d21e-aae6-5aec-7dd2b40e457f_lists_slider_9285.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16649\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/cdf1cc4c-d21e-aae6-5aec-7dd2b40e457f_lists_slider_9285.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasan hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o\u02bbrinbosari Xan Chjen ham tadbirning asosiy spikerlari sifatida so\u02bbzga chiqdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari nutqining avvalida tadbir ishtirokchilarini samimiy qutlab, O\u02bbzbekiston bilan tarix, ma\u02bcnaviy yaqinlik va insoniy taqdirlar orqali bog\u02bblangan Sankt-Peterburg shahriga yana bir bor tashrif buyurish imkoniyati uchun\u00a0minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Transport yo\u02bbnalishlarining o\u02bbzgarishi, yangi ishlab chiqarish zanjirlarining shakllanishi, zamonaviy texnologik platformalarning paydo bo\u02bblishi va sun\u02bciy intellektning keng joriy etilishi bilan dunyoda kechayotgan chuqur transformatsiya jarayonlariga baho berildi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Raqobat nafaqat bozorlar va tabiiy resurslar uchun kurashda namoyon bo\u02bblmoqda, balki texnologiyalar, logistika va infratuzilma sohalarida ham uning ta\u02bcsiri sezilmoqda,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz yetakchisi ta\u02bckidlaganidek, bugungi sharoitda birlashtiruvchi rol o\u02bbynaydigan va o\u02bbz atrofida kooperatsiya, barqarorlik hamda o\u02bbzaro manfaatdorlik makonini shakllantirishga qodir bo\u02bblgan davlatlar va mintaqalarning ahamiyati ortib bormoqda.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c33e5ab5-9504-0793-c5d5-4c08aa4bcda2_lists_slider_9285.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16650\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c33e5ab5-9504-0793-c5d5-4c08aa4bcda2_lists_slider_9285.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p><em>\u2013 O\u02bbzbekiston ming yillar davomida Buyuk ipak yo\u02bblining yuragi bo\u02bblib kelgan. Samarqand, Buxoro va Toshkent orqali nafaqat mahsulotlar tashilgan, balki g\u02bboya va bilimlar, madaniy va diniy an\u02bcanalar bir-birini o\u02bbzaro boyitib kelgan. Shuning uchun ham ochiqlik biz uchun doimo tanlov emas, balki hayotiy zarurat va sivilizatsiya kodi hisoblangan,\u00a0<\/em>\u2013 dedi O\u02bbzbekiston Prezidenti.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari O\u02bbzbekiston \u2013 Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining asosiy yo\u02bbnalishlarini tahlil qilib, savdo-iqtisodiy hamkorlik, hududlararo aloqalar, sanoat kooperatsiyasi hamda energetika sohasidagi sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u02bbtarilganini alohida qayd etdi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston va Rossiyaning texnologik hamda sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish maqsadida yagona raqamli platforma bilan birlashtirilgan ishlab chiqarish klasterlari tizimi \u2013 \u201cYevroosiyo texnologik sanoatlashtirish kamari\u201dni tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.<\/p>\n<p>Ish o\u02bbrinlari yaratishga, logistika, to\u02bblov xizmatlari hamda yangi eksport imkoniyatlarining rivojlanishiga xizmat qiluvchi raqamlashtirish sohasi hamkorlikning istiqbolli yo\u02bbnalishi sifatida belgilandi.<\/p>\n<p>Raqamli savdo va shahar servislarini tartibga solish qoidalarini yaqinlashtirish, O\u02bbzbekiston va Rossiya brendlarini hamkorlikdagi platformalarda ilgari surish, sun\u02bciy intellekt asosida mahsulotlarni rivojlantirishni o\u02bbzida qamrab olgan qo\u02bbshma Raqamli ekotizimni shakllantirishga kirishish taklif etildi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston dunyoning yoshlari eng ko\u02bbp mamlakatlaridan biri ekanini hisobga olib, vazifasi ta\u02bclim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o\u02bbzaro bog\u02bblashdan iborat bo\u02bblgan Inson kapitalini rivojlantirish qo\u02bbshma onlayn-platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.<\/p>\n<p>Hamkorlikning madaniy-gumanitar yo\u02bbnalishini yanada mustahkamlash maqsadida \u201cSamarqanddan Peterburggacha\u201d kreativ-turistik yo\u02bblak loyihasini ishga tushirish ham taklif etildi. Ushbu tashabbus san\u02bcat va kino festivallari, muzey ko\u02bbrgazmalari, gastronomiya haftaliklari va musiqiy tadbirlarni birgalikda tashkil etishni nazarda tutadi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning muhim natijalariga alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Bundan o\u02bbn yil oldin ochiqlik, inklyuzivlik va pragmatizmga tayangan holda Yangi O\u02bbzbekistonni barpo etishni boshlagan edik. O\u02bbtgan davrda uzoq muddatli o\u02bbsish uchun mustahkam asos \u2013 qulay ishbilarmonlik muhiti, barqaror sanoat bazasi va yangi infratuzilma yaratildi,\u00a0<\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Yosh, faol va tez o\u02bbsib borayotgan aholi O\u02bbzbekistonning asosiy ustunliklaridan biri bo\u02bblib, tadbirkorlik, texnologiyalar, servislar va sanoatni rivojlantirishning uzoq muddatli poydevori ekanligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, erishilayotgan o\u02bbsish nafaqat jadal, balki barqaror, inklyuziv va insonlar hayot sifatini oshirishga yo\u02bbnaltirilgan bo\u02bblishi lozimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, bozor institutlarini takomillashtirish, raqobat darajasini oshirish va ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish orqali global investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar izchil shakllantirilayotgani bildirildi.<\/p>\n<p>Forum qatnashchilari tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markaziga berilgan maxsus huquqiy maqom va soliq imtiyozlari imkoniyatlaridan foydalanishga, shuningdek, joriy yilning 16-18-iyun kunlari bo\u02bblib o\u02bbtadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etildi.<\/p>\n<p>Yakunda davlatimiz rahbari ochiq va o\u02bbzaro hurmatga asoslangan muloqot hozirgi kunda barqaror rivojlanishning asosiy shartiga aylanayotganini, ishonch, hamkorlikka tayyorlik va birgalikda yechim izlashga intilish bor joyda yangi imkoniyatlar paydo bo\u02bblishini yana bir bor ta\u02bckidladi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida bo\u02bblib o\u02bbtayotgan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig\u02bbilishida ishtirok etdi va nutq so\u02bbzladi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasan hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o\u02bbrinbosari Xan Chjen ham tadbirning asosiy spikerlari sifatida so\u02bbzga chiqdi. Davlatimiz [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20104,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20103","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20103","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20103"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20103\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20105,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20103\/revisions\/20105"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20104"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20103"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20103"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20103"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}