{"id":20106,"date":"2026-06-09T16:48:08","date_gmt":"2026-06-09T11:48:08","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20106"},"modified":"2026-06-09T16:48:08","modified_gmt":"2026-06-09T11:48:08","slug":"%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd-%d1%85%d0%be%d0%b4-%d1%80%d0%b5%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%ba%d1%80%d1%83%d0%bf%d0%bd%d1%8b%d1%85-%d0%bf%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd-%d1%85%d0%be%d0%b4-%d1%80%d0%b5%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%ba%d1%80%d1%83%d0%bf%d0%bd%d1%8b%d1%85-%d0%bf%d1%80.html\/","title":{"rendered":"Mis sanoatidagi yirik loyihalarning borishi ko\u02bbrib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyevga mis sanoatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarining borishi va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9291\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a017d455-c03d-0068-0b6d-b0911db76601_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16653\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a017d455-c03d-0068-0b6d-b0911db76601_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Mis sanoat, energetika, elektrotexnika, raqamli iqtisodiyot va \u201cyashil\u201d taraqqiyot uchun strategik xomashyoga aylanmoqda. Shu bois, mamlakatimizda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, mavjud zaxiralarni samarali o\u02bbzlashtirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Joriy yil mart oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirilgan edi. \u201cYoshlik-1\u201d konini o\u02bbzlashtirish dasturi doirasida 196 gektar maydonda barpo etilayotgan ushbu loyihaning qiymati 2,7 milliard dollarni tashkil etadi. Fabrika to\u02bbliq quvvatga chiqqanidan so\u02bbng yiliga 60 million tonna ma\u02bcdanni qayta ishlash va 900 ming tonnaga yaqin mis konsentrati ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/9e9862d9-d495-d068-5d4e-4dbf995a588a_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16654\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/9e9862d9-d495-d068-5d4e-4dbf995a588a_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Bugungi taqdimotda fabrikaning keyingi navbatlarini ishga tushirish, texnologik jarayonlarni barqaror yo\u02bblga qo\u02bbyish va rejalashtirilgan quvvatlarga o\u02bbz vaqtida chiqish bo\u02bbyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma\u02bclumot berildi.<\/p>\n<p>Xususan, yanchish sexidagi sharli tegirmonlar, flotatsiya liniyalarini bosqichma-bosqich to\u02bbliq quvvatga chiqarish bo\u02bbyicha aniq grafik belgilangan.<\/p>\n<p>Joriy yil yakuniga qadar 3-mis boyitish fabrikasida rudani qayta ishlash hajmini yanada oshirish, barcha asosiy texnologik zanjirlarni to\u02bbliq ishga tushirish va ishlab chiqarish barqarorligini ta\u02bcminlash vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>3-mis boyitish fabrikasi to\u02bbliq ishga tushgach, kombinatda mis konsentratining kunlik ishlab chiqarish hajmi 2 ming 400 tonnadan 5 ming tonnaga oshishi ko\u02bbzda tutilgan. Zamonaviy texnologiyalar joriy qilinishi hisobiga energiya sarfi va tannarxni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish imkoni paydo bo\u02bbladi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/15d2a084-9264-082c-883a-3b219b0a35c5_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16655\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/15d2a084-9264-082c-883a-3b219b0a35c5_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Taqdimotda 4-mis boyitish fabrikasi loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirish masalasi ham ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda loyiha doirasida bazaviy injiniring hujjatlari tayyorlanmoqda, qurilish maydonida yer ishlari va geologik burg\u02bbilash ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur loyihada 3-fabrika tajribasini inobatga olgan holda texnologik yechimlarni maqbullashtirish, energiya va suv resurslaridan tejamkor foydalanishga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, xalqaro injiniring kompaniyalari bilan hamkorlikda gravitatsiya, flotatsiya, konsentratni quritish va qoldiqlarni quyultirish, texnologik zanjirlarini takomillashtirish, xorijiy moliya institutlaridan mablag\u02bb jalb qilish uchun loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash chora-tadbirlari belgilangan.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga 4-mis boyitish fabrikasi uchun zarur yer maydonlarini ajratish, qurilish maydonida tayyorgarlik ishlarini davom ettirish, bazaviy injiniring hujjatlarini belgilangan muddatda yakunlash va loyihani bosqichma-bosqich ishga tushirish rejasini aniqlashtirish bo\u02bbyicha topshiriqlar berildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyevga mis sanoatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarining borishi va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Mis sanoat, energetika, elektrotexnika, raqamli iqtisodiyot va \u201cyashil\u201d taraqqiyot uchun strategik xomashyoga aylanmoqda. Shu bois, mamlakatimizda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, mavjud zaxiralarni samarali o\u02bbzlashtirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20107,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20106","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20106","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20106"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20106\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20108,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20106\/revisions\/20108"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20107"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20106"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20106"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20106"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}