{"id":20109,"date":"2026-06-10T11:19:43","date_gmt":"2026-06-10T06:19:43","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20109"},"modified":"2026-06-10T11:19:43","modified_gmt":"2026-06-10T06:19:43","slug":"%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b4%d0%b3%d0%be%d1%82%d0%be%d0%b2%d0%ba%d0%b0-%d0%ba-%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%81%d0%ba%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b4%d0%b3%d0%be%d1%82%d0%be%d0%b2%d0%ba%d0%b0-%d0%ba-%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%81%d0%ba%d0%be.html\/","title":{"rendered":"Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko\u02bbrib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyevga navbatdagi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik yuzasidan axborot berildi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9293\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/3b0a087f-0784-b430-2c53-1b51f6b0e315_lists_slider_9293.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16658\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/3b0a087f-0784-b430-2c53-1b51f6b0e315_lists_slider_9293.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Ushbu forum mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyatini keng namoyon etish, xorijiy sheriklar bilan o\u02bbzaro manfaatli loyihalarni shakllantirish va ilgari surish uchun muhim xalqaro maydonga aylangan.<\/p>\n<p>2022-yilda ilk bor o\u02bbtkazilgan forumda 56 mamlakatdan 1 mingdan ziyod xorijiy mehmon ishtirok etgan edi. Bu yil 16-18-iyun kunlari bo\u02bblib o\u02bbtadigan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida 99 ta mamlakatdan jami 8 mingdan ziyod ishtirokchi, jumladan, qariyb 3,1 ming nafar xorijiy mehmon qatnashishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Tadbirga taklif etilganlar orasida xorijiy davlatlar hukumatlari rahbarlari va vakillari, nufuzli xalqaro moliya institutlari, yirik kompaniyalar, investitsiya jamg\u02bbarmalari va ishbilarmon doiralar rahbarlari bor.<\/p>\n<p>Taqdimotda forum va uning doirasida o\u02bbtkaziladigan tadbirlar dasturi haqida ma\u02bclumot berildi. Xususan, yalpi majlis, ikki tomonlama uchrashuvlar, tarmoq va hududlar taqdimotlari, investitsiya kelishuvlarini imzolash marosimlari hamda ishbilarmonlar muloqotlari o\u02bbtkaziladi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekistonning investitsiya salohiyatini namoyish etish ko\u02bbrgazmasida qishloq xo\u02bbjaligi, yengil sanoat, geologiya, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, kimyo sanoati, energetika, sun\u02bciy intellekt va axborot texnologiyalari tarmoqlarining imkoniyatlari taqdim etilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16659\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/d8f46a34-afc3-a075-01c1-b340f7086968_lists_slider_9293.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Forum doirasida Prezidentimiz huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yalpi majlisi ham bo\u02bblib o\u02bbtadi. Unda mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, xususiy sektor va xalqaro investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinadi.<\/p>\n<p>Joriy yilgi forumda ham investitsiya kelishuvlarining yirik to\u02bbplamini imzolash rejalashtirilgan. Hozirda yangi loyihalarni shakllantirish ishlari jadal ketmoqda.<\/p>\n<p>Ishlab chiqilayotgan kelishuvlar kimyo sanoati, geologiya va metallurgiya, yengil sanoat, elektrotexnika va mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo\u02bbjaligi, qurilish materiallari, energetika va ekologiya, raqamli texnologiyalar, qurilish va infratuzilma, bank-moliya, transport-logistika, turizm hamda ta\u02bclim kabi muhim yo\u02bbnalishlarni qamrab oladi.<\/p>\n<p>Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi yangi ish o\u02bbrinlari yaratish, yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport salohiyatini oshirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari forumni yuqori tashkiliy darajada o\u02bbtkazish, har bir tarmoq va hududning investitsiyaviy salohiyatini aniq loyihalar orqali namoyon etish muhimligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga xorijiy mehmonlarni kutib olish, tadbirlar dasturini puxta tashkil qilish, imzolanadigan kelishuvlarning aniq ijro mexanizmlarini belgilash va forumdan keyin ularni tizimli monitoring qilib borish bo\u02bbyicha topshiriqlar berildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyevga navbatdagi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik yuzasidan axborot berildi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Ushbu forum mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyatini keng namoyon etish, xorijiy sheriklar bilan o\u02bbzaro manfaatli loyihalarni shakllantirish va ilgari surish uchun muhim xalqaro maydonga aylangan. 2022-yilda ilk bor o\u02bbtkazilgan forumda 56 mamlakatdan 1 mingdan ziyod xorijiy mehmon ishtirok [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20110,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20109","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20109","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20109"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20109\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20111,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20109\/revisions\/20111"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20110"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20109"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20109"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20109"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}