{"id":20117,"date":"2026-06-11T11:55:26","date_gmt":"2026-06-11T06:55:26","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20117"},"modified":"2026-06-11T11:56:43","modified_gmt":"2026-06-11T06:56:43","slug":"%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%8e-%d1%80%d0%b0%d0%b9%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%8e-%d1%80%d0%b0%d0%b9%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%b2.html\/","title":{"rendered":"Samarqand viloyati tumanlarini ixtisoslashuv asosida rivojlantirish choralari ko\u02bbrib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish, olis va chekka tumanlarda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9296\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c09f545d-f0e5-6d7c-0420-39552c1cfd66_lists_slider_9296.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16666\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/c09f545d-f0e5-6d7c-0420-39552c1cfd66_lists_slider_9296.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbarining o\u02bbtgan yil dekabr oyidagi Samarqand viloyatiga tashrifidan so\u02bbng hududni 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u02bbyicha zarur chora-tadbirlar belgilanib, bunga qo\u02bbshimcha 100 million dollar mablag\u02bb ajratilgan edi. Shu yil mart oyida Narpay tumaniga tashrif davomida esa viloyatning olis va chekka hududlarini alohida yondashuv asosida rivojlantirish bo\u02bbyicha topshiriq berilgandi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda ushbu topshiriqlar ijrosi Bulung\u02bbur, Narpay, Oqdaryo, Paxtachi, Qo\u02bbshrabot, Kattaqo\u02bbrg\u02bbon tumanlari va Kattaqo\u02bbrg\u02bbon shahri misolida ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, chekka hududlarda aholi ko\u02bbp bo\u02bblsa-da, yuqori daromadli ish o\u02bbrinlari yetarli emas. Narpay, Qo\u02bbshrabot, Paxtachi, Kattaqo\u02bbrg\u02bbon tumanlari va Kattaqo\u02bbrg\u02bbon shahrining viloyat sanoatidagi umumiy ulushi atigi 10 foizni tashkil qiladi. Narpay, Paxtachi, Pastdarg\u02bbom tumanlari hamda Kattaqo\u02bbrg\u02bbon shahrida ishsizlik va kambag\u02bballik darajasi boshqa hududlarga nisbatan yuqori.<\/p>\n<p>Shu bois, mazkur hududlarning salohiyatidan kelib chiqib, ularni aniq ixtisoslashuv asosida rivojlantirish taklif etildi. Xususan, Bulung\u02bbur, Qo\u02bbshrabot, Paxtachi va Kattaqo\u02bbrg\u02bbon tumanlari qishloq xo\u02bbjaligi, chorvachilik va bog\u02bbdorchilik markazi sifatida rivojlantiriladi. Bulung\u02bburda yillik quvvati 100 ming bosh bo\u02bblgan 50 million dollarlik naslchilik korxonasi, Qo\u02bbshrabot va Oqdaryoda yillik quvvati 800 ming dona bo\u02bblgan 20 million dollarlik naslli jo\u02bbja korxonalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Narpay tumani va Kattaqo\u02bbrg\u02bbon shahri sanoat va xizmat ko\u02bbrsatish sohalarining o\u02bbsish nuqtasiga aylantiriladi. Jumladan, Narpayda 100 gektar maydonda sanoat zonasi tashkil etilib, yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo\u02bbyicha 500 million dollarlik loyihalar joylashtiriladi. Bu jarayonga Yaponiyaning 10 ta yirik kompaniyasini jalb etish ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p>Oqdaryo tumani parrandachilik, to\u02bbqimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda Narpay, Paxtachi, Pastdarg\u02bbom tumanlari va Kattaqo\u02bbrg\u02bbon shahrida ishsizlik darajasini 3 foizgacha, kambag\u02bballikni 2 foizgacha tushirish, Ishtixon, Narpay, Nurobod, Paxtachi, Qo\u02bbshrabot va Kattaqo\u02bbrg\u02bbon tumanlarida eksportni 20 foizga oshirish, shuningdek, Bulung\u02bbur, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi, Qo\u02bbshrabot, Kattaqo\u02bbrg\u02bbon tumanlari va Kattaqo\u02bbrg\u02bbon shahrida xizmatlar hamda sanoat hajmini 2 karra ko\u02bbpaytirish bo\u02bbyicha loyihalar taqdimot qilindi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/38d659e9-4bab-e298-6d2f-10e6bab2eb73_lists_slider_9296.jpeg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16667\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/38d659e9-4bab-e298-6d2f-10e6bab2eb73_lists_slider_9296.jpeg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Samarqand viloyatining turizm salohiyatini yanada kengaytirish masalalariga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>Joriy yil boshidan mamlakatimizga kelgan xorijiy turistlar soni 27,3 foizga oshib, 5,4 million nafarga yetdi. O\u02bbzbekiston xorijiy turistlar sonini 20 million nafarga, turizm eksportini 10 milliard dollarga yetkazish bo\u02bbyicha katta marra olgan. Buning uchun hududlarda turistlarni uzoqroq ushlab qoladigan yangi yo\u02bbnalishlar va servis obyektlarini ko\u02bbpaytirish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Shu maqsadda Samarqandning tarixiy markazidagi 13 ta ko\u02bbchani piyodalar hududiga aylantirish, yangi turizm va servis obyektlarini barpo etish tashabbusi qo\u02bbllab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cOhalik \u2013 Oqbo\u02bbyro \u2013 Mironqul\u201d turistik-rekreatsion zonasi hududini kengaytirish taklif qilindi. Imom Moturidiy yodgorlik majmuasi qarshisidan oqib o\u02bbtuvchi \u201cShaar\u201d kollektori atrofini obodonlashtirish masalasi ham ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Mazkur choralar natijasida Samarqand shahri, Nurobod va Samarqand tumanlarida mehmonxonalar sonini 850 taga, nomer fondini 20 ming o\u02bbringa, turizm xizmatlari hajmini 750 million dollarga yetkazish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda aholi yashashi uchun qulay infratuzilma yaratish eng asosiy vazifa ekani ta\u02bckidlandi. Buning uchun ijtimoiy obyektlar qurish, yo\u02bbl, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari, elektr ta\u02bcminotini yaxshilash, servis va renovatsiya loyihalarini amalga oshirish, sanoat loyihalarini infratuzilma bilan ta\u02bcminlash maqsadida 1,2 trillion so\u02bbm ajratish taklifi bildirildi.<\/p>\n<p>Samarqand shahrida renovatsiya dasturi asosida \u201cKimyogarlar\u201d qo\u02bbrg\u02bbonini aholi uchun qulay qiyofaga keltirish bo\u02bbyicha master-rejani bir oy muddatda tasdiqlash, Bulung\u02bbur tumanida qurilayotgan \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d massivi hududini kengaytirish, yil yakuniga qadar Samarqand shahrining \u201cTemiryo\u02bbl orti\u201d hududidagi bo\u02bbsh turgan yer va binolar o\u02bbrnida sport, madaniyat, musiqa va san\u02bcat maskanlarini tashkil etish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, viloyat hokimligi huzurida ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta\u02bcmirlash jamg\u02bbarmasini tashkil etish ma\u02bcqullandi. Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo\u02bbyicha iqtisod qilingan mablag\u02bblar ushbu jamg\u02bbarmaga yo\u02bbnaltirilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda mutasaddilarning axboroti tinglandi. Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatining har bir tumanida mavjud imkoniyatlarni to\u02bbliq ishga solish, yangi ish o\u02bbrinlari yaratish, aholi daromadini oshirish va hududlar o\u02bbrtasidagi iqtisodiy tafovutni qisqartirish bo\u02bbyicha aniq topshiriqlar berdi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Samarqand viloyati hududlarini kompleks rivojlantirish, olis va chekka tumanlarda aholi turmush darajasini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig\u02bbilish o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Davlatimiz rahbarining o\u02bbtgan yil dekabr oyidagi Samarqand viloyatiga tashrifidan so\u02bbng hududni 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo\u02bbyicha zarur chora-tadbirlar belgilanib, bunga qo\u02bbshimcha 100 million dollar mablag\u02bb ajratilgan edi. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20120,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20117","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20117","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20117"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20117\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20119,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20117\/revisions\/20119"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20120"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20117"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20117"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20117"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}