{"id":20121,"date":"2026-06-11T14:07:44","date_gmt":"2026-06-11T09:07:44","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20121"},"modified":"2026-06-11T14:07:44","modified_gmt":"2026-06-11T09:07:44","slug":"%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b5-%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b2%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b5-%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b2%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2.html\/","title":{"rendered":"Shaharsozlik va uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish bo\u02bbyicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9297\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/63be239a-3e5d-f5ac-40c9-0b65e39a2be5_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16670\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/63be239a-3e5d-f5ac-40c9-0b65e39a2be5_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda shahar aholisi ulushi 50 foizdan oshdi va kelgusi yillarda mazkur ko\u02bbrsatkich yana o\u02bbsishi kutilmoqda. Aholi soni va qurilish sur\u02bcatlari ortib borayotgani shaharsozlik rejalarini zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish, yashil hududlarni saqlash, tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish, muhandislik va transport infratuzilmasini uyg\u02bbun rivojlantirishni tobora dolzarb qilib qo\u02bbymoqda.<\/p>\n<p>Bugungi kunda respublikadagi 8 ming 604 ta aholi punktidan 2 ming 506 tasi yoki 29 foizi bosh rejalar bilan qamrab olingan. 2026-yilda yana 154 ta, 2027-yilda esa 144 ta aholi punkti uchun bosh rejalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Mavjud bosh rejalarning 1 ming 44 tasi elektron shaklga o\u02bbtkazilgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, alohida hududlarni rivojlantirish bo\u02bbyicha 2024-2025-yillarda 275 ta master-reja ishlab chiqilgan bo\u02bblsa-da, ularning yagona hisobi yuritilmagan, bosh rejalar bilan o\u02bbzaro bog\u02bblanmagan. Bu esa hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilma, transport, muhandislik tarmoqlari va ijtimoiy obyektlarni uyg\u02bbun rejalashtirishda qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan bosh reja va master-rejalar bilan ishlashning yangi tizimi taklif etildi. Unga ko\u02bbra, birinchi bosqichda bosh rejalar bo\u02bbyicha ma\u02bclumotlar to\u02bbliq jamlanadi va aktuallashtiriladi, ikkinchi bosqichda raqamlashtirish ishlari amalga oshiriladi, uchinchi bosqichda monitoring tizimi yo\u02bblga qo\u02bbyiladi, to\u02bbrtinchi bosqichda esa kompleks axborot-tahlil tizimi shakllantiriladi.<\/p>\n<p>Bu jarayonda shaharsozlik hujjatlarining yagona elektron reyestri yuritiladi. Ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazilmagan hujjatlar yuridik kuchga ega bo\u02bblmasligi belgilanadi. Urbanizatsiya markaziga shaharsozlik geoaxborot tizimini yuritish, kompleks qurilish jarayonlarida topogeodeziya ishlarini muvofiqlashtirish va hududiy arxitektura-rejalashtirish kengashlarining faoliyatini uslubiy ta\u02bcminlash kabi qo\u02bbshimcha vazifalar yuklanadi.<\/p>\n<p>Urbanistika, geodeziya, kadastr, loyihalash, aglomeratsiyalarni boshqarish va geoaxborot tizimlari bilan ishlay oladigan o\u02bbrta va oliy bo\u02bbg\u02bbin mutaxassislariga ehtiyoj ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Shu maqsadda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumini Urbanistika, geodeziya va kadastr texnikumi sifatida qayta tashkil etish taklif qilindi. Unda o\u02bbrta bo\u02bbg\u02bbin uchun o\u02bblchovchi mutaxassislar, kadastr va geodeziya, kompyuter grafikasi dizayn operatorlari hamda kompyuter kadastr dasturlari yo\u02bbnalishlarida kadrlar tayyorlanadi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a9bc51eb-61e3-15d8-eab9-0966e49f2952_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16671\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/a9bc51eb-61e3-15d8-eab9-0966e49f2952_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Oliy ta\u02bclim tizimida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida \u201cZamonaviy urbanistika va aglomeratsiyalarni boshqarish\u201d fakultetini ochish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Barcha hududlarda urbanistika, loyihalashtirish va arxitektura yo\u02bbnalishlarini bir joyda jamlaydigan kreativ parklar tashkil etish ham taklif qilindi. Ularda laboratoriyalar, konstruktorlik ustaxonalari, dasturiy ta\u02bcminot, loyihalash xizmatlari, onbording, netvorking va kovorking maydonlari tashkil etiladi. Kreativ park rezidentlariga jismoniy shaxslar daromad solig\u02bbi va ijtimoiy soliq bo\u02bbyicha imtiyozlar berish ko\u02bbzda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Taqdimotda shaharsozlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish masalasi ham ko\u02bbrib chiqildi. Noqonuniy va ruxsatsiz qurilishlar, qurilish muddatlarining sun\u02bciy ravishda uzaytirilishi, yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish kabi muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Amaldagi jarimalar ta\u02bcsirchan emasligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. 2025-yilda 1 ming 952 ta noqonuniy qurilish aniqlangan. Shu munosabat bilan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Ulush kiritish asosida ko\u02bbp kvartirali uy-joy qurilishi sohasidagi holat ham tahlil qilindi. So\u02bbnggi yillarda bunday uylar qurilishi hajmi 2,5 barobar ko\u02bbpayib, o\u02bbtgan yili 11 million kvadrat metrdan oshdi. Qolaversa, ulushli uy-joy qurilishi bilan bog\u02bbliq huquqbuzarliklar ham ko\u02bbpaygan. O\u02bbtgan yilning o\u02bbzida 3 mingga yaqin fuqaroga 668 milliard so\u02bbmlik zarar yetkazilgan.<\/p>\n<p>Shu bois, ulushli qurilishga oid qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Unda ulushli qurilish loyihalarini yangicha yondashuvlar asosida tartibga solish, fuqarolar mablag\u02bblarini himoya qilish va qurilish jarayonlarida shaffoflikni ta\u02bcminlash nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Ulushli qurilishni moliyalashtirishning yangi tizimi \u2013 eskrou hisobvaraqlari mexanizmi ham muhokama qilindi. Bunda xaridorlar mablag\u02bbi vakolatli bankdagi maxsus hisobvaraqda saqlanadi, qurilish ishlari belgilangan shartlar asosida bajarilgandan keyingina quruvchiga o\u02bbtkaziladi.<\/p>\n<p>Eskrou tizimi to\u02bbrt asosiy qoidaga asoslanadi. Birinchidan, eskrou hisobvaraqlariga tushgan mablag\u02bblar kreditorlarning undiruviga qaratilmaydi. Ikkinchidan, investorlar va quruvchilar faqat vakolatli banklar orqali ishlaydi. Uchinchidan, topshirish dalolatnomasi imzolangandan so\u02bbng mablag\u02bblar quruvchiga o\u02bbtkaziladi. To\u02bbrtinchidan, shartnoma bekor qilinganda ulushdor mablag\u02bbi to\u02bbliq qaytariladi.<\/p>\n<p>Yangi tizimda \u201cUy-joy\u201d yagona axborot platformasi muhim o\u02bbrin tutadi. Ushbu platformada barcha qurilish jarayonlari ochiq elektron tarzda yuritiladi, developerlar reytingi, ruxsatnomalar, loyiha va qurilish jarayoni, eskrou hisobvaraqlari va shartnomalar bo\u02bbyicha ma\u02bclumotlar birlashtiriladi.<\/p>\n<p>Taqdimotda bitta qurilish obyekti bo\u02bbyicha ma\u02bclumotlar hozirda bir nechta axborot tizimlarida alohida yuritilayotgani ham ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. \u201cUzKad\u201d, \u201cE-auksion\u201d, \u201cE-qaror\u201d, \u201cShaffof qurilish\u201d, \u201cMening uyim\u201d kabi tizimlardagi ma\u02bclumotlar o\u02bbzaro bog\u02bblanmagani sababli yer uchastkasi, loyiha hujjatlari, ekspertiza, qurilishga ruxsatnoma va obyektni foydalanishga topshirishgacha bo\u02bblgan jarayonlar tarqoq holda shakllanmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan qurilish jarayonlariga yagona identifikator, hududning raqamli pasporti, loyihaning raqamli pasporti va obyektning raqamli pasportini joriy etish taklif qilindi. Bu obyektning butun hayot siklini yagona raqamli konturda qamrab olish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Shaharsozlik renovatsiyasi masalalariga ham alohida e\u02bctibor qaratildi. Respublikadagi 1991-yilgacha qurilgan 17 mingta uylar o\u02bbrniga zamonaviy, energiya tejamkor, infratuzilma bilan ta\u02bcminlangan ko\u02bbp kvartirali uylar qurish mumkinligi ko\u02bbrsatildi.<\/p>\n<p>Hozirgacha renovatsiya jarayonlarini tartibga soladigan yagona qonun mavjud emas edi. Shu bois, shaharsozlik renovatsiyasi to\u02bbg\u02bbrisidagi yangi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Unda renovatsiya hududlarini belgilash, aholi roziligini olish, kompensatsiya va ko\u02bbchirish tartiblari, investorlar majburiyatlari hamda davlat organlari vakolatlarini aniq belgilash nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Renovatsiya loyihalari orqali eskirgan uy-joy fondini yangilash, aholi uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yashil hududlar va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Prezidentimiz shaharsozlik va urbanizatsiya sohasidagi islohotlar aholi uchun qulay muhit va barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslanishi zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga bosh rejalar va master-rejalarni raqamlashtirish, \u201cUy-joy\u201d yagona platformasini ishga tushirish, ulushli qurilishda fuqarolar huquqlarini kafolatlash, eskrou mexanizmlarini joriy etish hamda renovatsiya bo\u02bbyicha aniq va adolatli tartiblarni shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. So\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda shahar aholisi ulushi 50 foizdan oshdi va kelgusi yillarda mazkur ko\u02bbrsatkich yana o\u02bbsishi kutilmoqda. Aholi soni va qurilish sur\u02bcatlari ortib borayotgani shaharsozlik rejalarini zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish, yashil [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20122,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20121","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20121","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20121"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20121\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20123,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20121\/revisions\/20123"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20122"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20121"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20121"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20121"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}