{"id":20292,"date":"2026-07-02T15:50:57","date_gmt":"2026-07-02T10:50:57","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20292"},"modified":"2026-07-02T15:50:57","modified_gmt":"2026-07-02T10:50:57","slug":"%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%bb%d0%be%d0%b6%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%8e-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%bb%d0%be%d0%b6%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%bf%d0%be-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b8%d1%8e-2.html\/","title":{"rendered":"Transport-logistika tizimini rivojlantirish bo\u02bbyicha takliflar ko\u02bbrib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika tizimini rivojlantirish va mamlakatimizning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo\u02bbyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9370\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7f368395-ef80-37b3-ec00-7035dd9f770c_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16868\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/7f368395-ef80-37b3-ec00-7035dd9f770c_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u02bbzbekistonning Sharq va G\u02bbarbni bog\u02bblovchi quruqlikdagi yirik transport xabiga aylanishi uchun keng imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimiz hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yo\u02bblaklari o\u02bbtadi, 4 ming 700 kilometr temir yo\u02bbl tarmog\u02bbi bor.<\/p>\n<p>Toshkent shahri, Navoiy va Namanganda zamonaviy transport-logistika markazlari va \u201cquruqlik portlari\u201d rivojlanmoqda. Navoiy aeroporti Yevroosiyo havo yo\u02bblaklarida muhim kargo tuguni vazifasini bajarmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, \u201cXitoy \u2013 Qirg\u02bbiziston \u2013 O\u02bbzbekiston\u201d temir yo\u02bblini qurish, Transafg\u02bbon temir yo\u02bbli loyihasini jadallashtirish mamlakatimizning mintaqaviy va xalqaro transport tizimidagi o\u02bbrnini yanada mustahkamlaydi.<\/p>\n<p>Ushbu yirik loyihalar ishga tushishi natijasida O\u02bbzbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo\u02bblgan eng qisqa quruqlik yo\u02bblagining asosiy bo\u02bbg\u02bbiniga aylanadi. Mazkur yo\u02bbnalish an\u02bcanaviy yo\u02bbnalishlarga nisbatan yuk tashish vaqtini 3 barobargacha qisqartirib, 8 kungacha tushirish imkonini beradi. Shuningdek, Pokistonning Karachi va Gvadar portlari orqali Hind okeaniga, qariyb 2 milliard aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish uchun eng tezkor yo\u02bbl ochiladi.<\/p>\n<p>Taqdimotda mamlakatimizda bu boradagi imkoniyatlardan hali to\u02bbliq foydalanilmayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumki, Xitoy va Yevropa o\u02bbrtasida yillik tovar aylanmasi 800 milliard dollarni, yuk tashish hajmi esa 120-150 million tonnani tashkil etadi. Agar O\u02bbzbekiston yiliga qo\u02bbshimcha 15-20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qila olsa, 400-600 million dollar qo\u02bbshimcha daromad, logistika markazlari va terminallar qurilishiga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya, 50 mingta barqaror ish o\u02bbrni yaratish imkoniyati paydo bo\u02bbladi. Bu iqtisodiyot o\u02bbsishiga qo\u02bbshimcha 1,5-2 foizlik sur\u02bcat berishi mumkin.<\/p>\n<p>Biroq hozircha O\u02bbzbekistonning ushbu tranzit aylanmasidagi ulushi 1-2 foizdan oshmayapti. 2025-yilda tranzit yuk tashish hajmi 15,3 million tonnani tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 54 foiz o\u02bbsgan bo\u02bblsa-da, mavjud salohiyat bundan ancha yuqori.<\/p>\n<p>Tahlillarga ko\u02bbra, chegara o\u02bbtkazish punktlari ko\u02bbp bo\u02bblishiga qaramay, ularning aksariyati xalqaro yuklarni tezkor qabul qilish va rasmiylashtirish quvvatiga ega emas. Mamlakatimizda xalqaro talabga mos 27 ta logistika markazi mavjud bo\u02bblib, ularning umumiy quvvati 27,2 million tonnani tashkil etadi. Biroq faqat bittasi yuqori toifaga ega. Avtomatlashgan \u201cA\u201d toifadagi omborlar jami ehtiyojning 10-15 foizini qoplaydi, zamonaviy muzlatkichli va bojxona omborlari yetishmaydi.<\/p>\n<p>Shuningdek, logistika markazlari asosan Toshkent shahri va uning atrofida joylashgani, konteynerlashtirish ulushi pastligi, davlat organlari va xususiy logistika markazlari o\u02bbrtasida axborot tizimlari to\u02bbliq integratsiya qilinmagani, sohada raqamlashtirish darajasi yetarli emasligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/68081229-f2b8-0c1e-418d-e353a78960b4_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16869\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/68081229-f2b8-0c1e-418d-e353a78960b4_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Taqdimotda Xonobod va Angren shaharlari, Yangiyo\u02bbl, Ohangaron, Olot va Termiz tumanlarini transport-logistika sohasiga ixtisoslashtirish taklif etildi.<\/p>\n<p>Xonobod shahri \u201cXitoy yo\u02bbli darvozasi\u201d sifatida Xitoy \u2013 Markaziy Osiyo \u2013 Kaspiy \u2013 Kavkaz \u2013 Yevropa, Xitoy \u2013 Markaziy Osiyo \u2013 Transafg\u02bbon hamda Xitoy \u2013 Markaziy Osiyo \u2013 Eron tranzit yo\u2018laklariga xizmat qiladi. Angren shahri, Yangiyo\u02bbl va Ohangaron tumanlari tranzit va tashqi savdo yuklarini oraliq taqsimlash markazlari sifatida rivojlantiriladi.<\/p>\n<p>Olot tumani \u201cO\u02bbrta yo\u02bblak darvozasi\u201d sifatida Xitoy \u2013 Markaziy Osiyo \u2013 Kaspiy \u2013 Kavkaz \u2013 Yevropa hamda Xitoy \u2013 Markaziy Osiyo \u2013 Eron yo\u02bbnalishlariga, Termiz tumani esa \u201cTransafg\u02bbon yo\u02bblagi darvozasi\u201d sifatida Xitoy \u2013 Markaziy Osiyo \u2013 Transafg\u02bbon \u2013 Pokiston transport yo\u02bblagiga ixtisoslashadi.<\/p>\n<p>Ushbu hududlarda logistika markazlari tashkil etmoqchi bo\u02bblgan tadbirkorlarga har bir hududda 50 gektardan, jami 300 gektar yer maydoni taklif etiladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollarlik imtiyozli va kam foizli kredit liniyalarini yo\u02bbnaltirish nazarda tutilmoqda. Logistika markazlari uchun tashqi infratuzilma budjet hisobidan barpo etiladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Qibray va Termiz tumanlarida bojxona terminali hamda avtoturargohlar qurish, Xonobod shahrida xalqaro temir yo\u02bbl chegara o\u02bbtkazish punktini barpo etish, Yangiyo\u02bbl tumanidagi temir yo\u02bbl stansiyasini kengaytirish, Ohangaron tumanida \u201cA\u201d toifadagi yirik logistika markazini qurish bo\u02bbyicha takliflar ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p>Taqdimotda raqamlashtirish va zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish masalalariga ham alohida e\u02bctibor qaratildi. Logistika markazlarida terminallarni boshqarish va omborni boshqarish tizimini joriy etish, ularni \u201cE-logistika\u201d platformasiga integratsiya qilish, avtotransport vositalarini onlayn kuzatish, avtotransport raqamlarini aniqlash va elektron hisobga olish tizimini yo\u02bblga qo\u02bbyish taklifi bildirildi.<\/p>\n<p>Chegara o\u02bbtkazish punktlarida \u201cyagona to\u02bbxtash\u201d (one stop) tamoyilini joriy qilish orqali yuklarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Sohada xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun logistika markazlariga zamonaviy uskunalar, omborxona va yuk ortish-tushirish texnikalari, agregat va ehtiyot qismlarni olib kirishda bojxona boji hamda majburiy sertifikatlash talablarini yengillashtirish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz transport-logistika tizimi mamlakat eksport salohiyati, investitsiyaviy jozibadorligi va hududlar rivoji uchun strategik ahamiyatga ega ekanini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga xalqaro transport yo\u02bblaklaridan samarali foydalanish, logistika markazlari tarmog\u02bbini kengaytirish, sohani raqamlashtirish va xususiy sektor uchun qulay sharoitlar yaratish bo\u02bbyicha topshiriqlar berildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika tizimini rivojlantirish va mamlakatimizning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo\u02bbyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Bugungi kunda O\u02bbzbekistonning Sharq va G\u02bbarbni bog\u02bblovchi quruqlikdagi yirik transport xabiga aylanishi uchun keng imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimiz hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yo\u02bblaklari o\u02bbtadi, 4 ming 700 kilometr [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20293,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20292","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20292","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20292"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20292\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20294,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20292\/revisions\/20294"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20293"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20292"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20292"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20292"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}