{"id":20322,"date":"2026-07-08T12:28:16","date_gmt":"2026-07-08T07:28:16","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20322"},"modified":"2026-07-08T12:28:16","modified_gmt":"2026-07-08T07:28:16","slug":"%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d0%b2%d0%bd%d0%b5%d0%b4%d1%80%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8e-%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d0%be%d0%b9","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%81%d0%bc%d0%be%d1%82%d1%80%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%bc%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d0%b2%d0%bd%d0%b5%d0%b4%d1%80%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8e-%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d0%be%d0%b9.html\/","title":{"rendered":"Davlat boshqaruvida yagona raqamli platformani joriy etish choralari ko\u02bbrib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish hamda telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9391\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bbff26e-b3f4-17f7-ad3d-861b6d4eca0e_lists_slider_9391.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16901\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/2bbff26e-b3f4-17f7-ad3d-861b6d4eca0e_lists_slider_9391.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda raqamli davlat xizmatlarini kengaytirish, davlat idoralari faoliyatiga zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Buning natijasida O\u02bbzbekiston BMTning \u201cElektron hukumat\u201d reytingida 24 pog\u02bbona yuqoriladi. 2030-yilga qadar mamlakatimizni ushbu yo\u02bbnalishda kuchli 30 ta davlat qatoriga kiritish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Joriy yilda raqamli xizmatlar soni 880 taga, ulardan foydalanuvchilar soni esa 15,5 million nafarga yetishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, 2024-yilda raqamli xizmatlar soni 525 ta, foydalanuvchilar soni 4 million nafar bo\u02bblgan.<\/p>\n<p>Qolaversa, davlat boshqaruvida ma\u02bclumotlar bazalari va axborot tizimlari turli idoralar kesimida tarqoq holda shakllangani, ularni tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlarida yagona yondashuv yetishmayotgani ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Shu bois, davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini bosqichma-bosqich joriy etish taklif qilindi. Mazkur tizim orqali hudud iqtisodiyoti, investitsiya, ekologiya, xavfsizlik masalalari, aholini qiynayotgan muammolar, mahallalarning farovonlik darajasi, fazoviy ma\u02bclumotlar, obyektlar va xarita qatlamlari yagona platformada aks ettiriladi.<\/p>\n<p>Platforma sun\u02bciy intellekt texnologiyalari asosida ma\u02bclumotlarni tahlil qilish, hududlar kesimida muammolarni barvaqt aniqlash, qarorlar ijrosini monitoring qilish, resurslarni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbnaltirish va boshqaruv samaradorligini oshirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari joriy yilda ushbu raqamli boshqaruv tizimini poytaxtda, kelgusi yildan esa barcha hududlarda joriy qilish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Taqdimotda tovar va xizmatlarni yagona milliy tasniflash tizimini ishga tushirish masalasi ham ko\u02bbrib chiqildi. Hozirda bojxona, soliq, statistika va boshqa idoralar turli tovar klassifikatorlaridan foydalanmoqda. Bu esa biznes xarajatlarining ortishi, hisobotlar aniqligi pasayishi va idoralararo ma\u02bclumot almashinuvida qiyinchiliklarga sabab bo\u02bblmoqda.<\/p>\n<p>Yagona milliy tasniflash tizimi joriy etilsa, tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik jarayonlar qisqaradi, davlat idoralari o\u02bbrtasida ma\u02bclumot almashinuvi soddalashadi, statistik hisobotlarning aniqligi oshadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, milliy navigatsiya tizimini yaratish taklifi bildirildi. Bugungi kunda mamlakatimizda mazkur yo\u02bbnalishda asosan xorijiy platformalardan foydalanilayotgani qayd etildi. Milliy navigatsiya tizimi geoma\u02bclumotlarni yagona standart asosida shakllantirish, transport, logistika, tezkor xizmatlar, shaharsozlik va davlat xizmatlarini sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/52f8d7ae-f13c-aaf8-7077-6c65f9cbb7fe_lists_slider_9391.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16902\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/52f8d7ae-f13c-aaf8-7077-6c65f9cbb7fe_lists_slider_9391.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Taqdimotda AT sohasi eksporti va startaplar ekotizimini rivojlantirish rejalari ham ko\u02bbrib chiqildi. 2030-yilgacha AT eksportini 5 milliard dollarga yetkazish, 5 mingta faol startap tashkil etish va 2 milliard dollar investitsiya jalb qilish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Xalqaro \u201cStartupBlink\u201d reytingida O\u02bbzbekiston 31 pog\u02bbona yuqorilab, dunyodagi eng tez o\u02bbsayotgan startap ekotizim sifatida baholangani, Toshkent shahri Markaziy Osiyo shaharlari orasida 1-o\u02bbrinni egallagani, Samarqand va Farg\u02bbona ilk bor dunyoning TOP-1000 startap shaharlari reytingiga kirgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Bu borada \u201cTalent Hub\u201d dasturi ishga tushirilishi belgilangan. U orqali xorijiy mutaxassislar va investorlarga masofadan korxona, bank hisobraqami va xalqaro karta ochish imkoniyati yaratiladi. IT-Park rezidentlarining xodimlari uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, \u201cIT visa\u201d va \u201cZero Risk\u201d dasturlarini kengaytirish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Shuningdek, AT eksportchi korxonalariga oylik ish haqi xarajatlarining bir qismini qoplab berish, xalqaro sertifikatlash xarajatlarini kompensatsiya qilish, xorijiy buyurtmachilar va mutaxassislarni jalb etish uchun relokatsiya xarajatlarini qisman qoplash kabi qo\u02bbllab-quvvatlash mexanizmlari ko\u02bbzda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Buxoro va Farg\u02bbonada 20 tadan ortiq startaplar uchun akseleratsiya dasturini tashkil etish, startaplarni yirik xalqaro bozorlarga olib chiqish bo\u02bbyicha ham takliflar taqdim etildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e\u02bctibor qaratildi. So\u02bbnggi yillarda aholi yashash maskanlarini telekommunikatsiya xizmatlari bilan qamrab olish darajasi 41 foizdan 98 foizga yetdi, umumiy internet o\u02bbtkazish qobiliyati 65 barobar oshdi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, mahalliy tadbirkorlar uchun telekommunikatsiya xizmatlarini ko\u02bbrsatish hali yetarlicha jozibador emasligi, olis hududlarda simli internetdan foydalanuvchilar ulushi juda pastligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Sohada biznes muhitini yaxshilash maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash va qurish bo\u02bbyicha mavjud 2 ta litsenziya turini bittaga birlashtirish, litsenziya berish muddatini 25 ish kunidan 10 ish kuniga qisqartirish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Ko\u02bbp qavatli uylarni yuqori tezlikdagi internetga ulanish texnologiyasi asosida loyihalash va qurish talabi joriy etiladi. Bu yangi uy-joylarda optik tolali internet infratuzilmasini avvaldan hisobga olish, aholiga sifatli raqamli xizmatlar ko\u02bbrsatish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Sohada o\u02bbzi ishini boshlamoqchi bo\u02bblgan yoshlar uchun \u201cKelajak tadbirkori\u201d dasturi doirasida 2\u00a0yil imtiyozli davr bilan 7\u00a0yil muddatga 15 foiz stavkada 530 million so\u02bbmgacha kreditlar ajratish taklif qilindi. Olis va chekka hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar uchun imtiyozli tarif rejalari ishlab chiqiladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz takliflarni ma\u02bcqullab, davlat idoralari ma\u02bclumotlarini integratsiya qilish, raqamli xizmatlar sifatini oshirish, kiberxavfsizlik va shaxsiy ma\u02bclumotlar himoyasini ta\u02bcminlash, sohada xususiy sektor uchun yanada qulay muhit yaratish bo\u02bbyicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish hamda telekommunikatsiya sohasida tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. So\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda raqamli davlat xizmatlarini kengaytirish, davlat idoralari faoliyatiga zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklarni oshirish bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20323,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20322","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20322","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20322"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20322\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20324,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20322\/revisions\/20324"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20323"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20322"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20322"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20322"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}