{"id":20371,"date":"2026-08-04T17:35:30","date_gmt":"2026-08-04T12:35:30","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20371"},"modified":"2026-08-04T14:15:15","modified_gmt":"2026-08-04T09:15:15","slug":"%d0%b1%d1%80%d0%b8%d1%82%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d1%82%d0%b5%d1%85%d0%bd%d0%be%d0%bb%d0%be%d0%b3%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%b1%d1%80%d0%b8%d1%82%d0%b0%d0%bd%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d1%82%d0%b5%d1%85%d0%bd%d0%be%d0%bb%d0%be%d0%b3%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f-%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%bf%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f.html\/","title":{"rendered":"Britaniyaning texnologik kompaniyasi O\u2018zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor"},"content":{"rendered":"<p><strong>O\u2018zbekiston Elchixonasi diplomatlari zamonaviy suv tozalash texnologik yechimlarini ishlab chiqish bo\u2018yicha yetakchi kompaniyalardan biri bo\u2018lgan Britaniyaning \u2018\u2018Cambi Group\u2019\u2019 kompaniyasi bosh direktori Per Lilleb\u00f8 bilan muzokaralar o\u2018tkazdi, deb <a href=\"https:\/\/dunyo.info\/ru\/news\/britanskaya-tehnologicheskaya-kompaniya-gotova-prinyat-uchastie-v\">xabar bermoqda<\/a> \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1785833366774_vcy0s5bmhz.webp\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16959\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/1785833366774_vcy0s5bmhz.webp\" alt=\"\" width=\"950\" height=\"534\" \/><\/a><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida, shuningdek, Konglton shahridagi kompaniya zavodi ishlab chiqarish korxonasi hamda Severn Trent Water suv ta\u2019minoti kompaniyasiga qarashli Strangforddagi oqova suvlarni qayta ishlash inshootiga tashrif buyurildi, unda \u2018\u2018Cambi Group\u2019\u2019 texnologik yechimlari qo\u2018llaniladi. Ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayonlari va qo\u2018llanilayotgan texnologiyalarning o\u2018ziga xos jihatlari bilan tanishdilar.<\/p>\n<p>Per Lilleb\u00f8ning ta\u2019kidlashicha, \u2018\u2018Cambi Group\u2019\u2019 oqova suvlar cho\u2018kmasi va organik chiqindilarni samarali qayta ishlash uchun termik gidroliz jarayoni (Thermal Hydrolysis Process \u2013 THP) asosidagi yechimlarni ishlab chiqqan yetakchi texnologik kompaniyalardan biridir. Hozirgi vaqtda kompaniya texnologiyalari dunyoning 25 dan ortiq mamlakatidagi qariyb 100 ta tozalash inshootida qo\u2018llanilmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, \u2018\u2018Cambi\u2019\u2019 uskunalari Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Norvegiya, Daniya, Ispaniya, Polsha, Hindiston, Xitoy, Singapur, Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Amerika mamlakatlari, Marokash, Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiyada keng qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlanganidek, \u2018\u2018Cambi\u2019\u2019 texnologiyalari kanalizatsiya cho\u2018kmasi hajmini ikki baravargacha qisqartirish, bioo\u2018g\u2018it va biogaz ishlab chiqarish samaradorligini 50 foizgacha oshirish, shuningdek, yoqimsiz hidsiz va qishloq xo\u2018jaligida bevosita foydalanishga yaroqli qayta ishlangan mahsulot olish imkonini beradi.<\/p>\n<p>\u2018\u2018Cambi\u2019\u2019 vakillari O\u2018zbekistonda suv ta\u2019minoti va oqova suv tizimi infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, o\u2018zining ilg\u2018or texnologik yechimlarini taklif etgan holda yirik istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Ushbu texnologiyalar O\u2018zbekistonning tozalash inshootlari samaradorligini oshirish va atrof-muhitga salbiy ta\u2019sirni kamaytirish bo\u2018yicha maqsadlariga to\u2018liq mos kelishi alohida ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Uchrashuv yakunida \u2018\u2018Cambi Group\u2019\u2019 kompaniyasini O\u2018zbekistondagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga jalb etish bo\u2018yicha kelishuvga erishildi.<\/p>\n<p>\u2018\u2018Cambi Group\u2019\u2019 oqova suvlarni tozalash inshootlari uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish, injiniring xizmatlarini ko\u2018rsatish va uzoq muddatli texnik qo\u2018llab-quvvatlashga ixtisoslashgan xalqaro kompaniya hisoblanadi. Kompaniya 1989-yilda tashkil etilgan.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Elchixonasi diplomatlari zamonaviy suv tozalash texnologik yechimlarini ishlab chiqish bo\u2018yicha yetakchi kompaniyalardan biri bo\u2018lgan Britaniyaning \u2018\u2018Cambi Group\u2019\u2019 kompaniyasi bosh direktori Per Lilleb\u00f8 bilan muzokaralar o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri. O\u2018zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida, shuningdek, Konglton shahridagi kompaniya zavodi ishlab chiqarish korxonasi hamda Severn Trent Water suv ta\u2019minoti kompaniyasiga qarashli Strangforddagi oqova suvlarni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20372,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20371","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20371","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20371"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20371\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20384,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20371\/revisions\/20384"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20372"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20371"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20371"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20371"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}