{"id":20396,"date":"2026-08-05T13:45:21","date_gmt":"2026-08-05T08:45:21","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20396"},"modified":"2026-08-05T13:45:21","modified_gmt":"2026-08-05T08:45:21","slug":"%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d0%be-%d0%b8%d1%81%d0%bf%d0%be%d0%bb%d0%bd%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%bc%d0%bc-%d1%81%d0%be%d1%86%d0%b8%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%be%d0%b1%d1%81%d1%83%d0%b6%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d0%be-%d0%b8%d1%81%d0%bf%d0%be%d0%bb%d0%bd%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%bc%d0%bc-%d1%81%d0%be%d1%86%d0%b8%d0%b0.html\/","title":{"rendered":"Navoiy viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir dasturlar ijrosi muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Joriy yilning 31-iyul kuni Navoiy viloyatida Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi sayyor majlisi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi, deb <a href=\"https:\/\/senat.uz\/council-meetings\/post-5744\">xabar bermoqda<\/a> Senat matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/Rk1K4OUoNNyrlI9eyf6GRLyFhnjXKY.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16983\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/Rk1K4OUoNNyrlI9eyf6GRLyFhnjXKY.jpg\" alt=\"\" width=\"2560\" height=\"1706\" \/><\/a><\/p>\n<p>Majlisda viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta\u02bcminlash va kambag\u02bballikni qisqartirish dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini o\u02bbrganish natijalari muhokama qilindi. Muhokama jarayonida mas\u02bcul rahbarlarning axborotlari ham eshitildi.<\/p>\n<p>Viloyatda 2026-yilning I\u00a0yarim yilligida yalpi hududiy mahsulot hajmi 113,9\u00a0trln so\u02bbmni, o\u02bbsish sur\u02bcati 6,7\u00a0foizni tashkil etgan. Bunda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 5,4\u00a0foizga, qurilish ishlari 28,3\u00a0foizga, bozor xizmatlari 18,9\u00a0foizga, qishloq xo\u02bbjaligi 4,4\u00a0foizga o\u02bbsgan.<\/p>\n<p>Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlik subyektlarini qo\u02bbllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida qariyb 1,5\u00a0mingta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilgan, 907,5\u00a0mln dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o\u02bbzlashtirilgan.<\/p>\n<p>Kichik va o\u02bbrta biznes subyektlarini moliyaviy qo\u02bbllab-quvvatlash maqsadida 3,2\u00a0trln so\u02bbmlik kredit mablag\u02bblari yo\u02bbnaltirilib, shundan 945\u00a0mlrd so\u02bbm \u201cOilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish\u201d, \u201cKichik biznesni uzluksiz qo\u02bbllab-quvvatlash\u201d, \u201cBiznesga birinchi qadam\u201d, \u201cMahalla loyihasi\u201d dasturlari doirasida ajratilgan.<\/p>\n<p>Ijtimoiy jihatdan og\u02bbir hududlarni qo\u02bbllab-quvvatlashga alohida e\u02bctibor qaratildi. Xususan, tanlab olingan Konimex va Navbahor tumanlari hamda 12\u00a0ta \u201cog\u02bbir\u201d mahallada aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 156\u00a0mlrd so\u02bbmlik 60\u00a0dan ziyod loyihalar bo\u02bbyicha ishlar boshlangan.<\/p>\n<p>Senatorlar viloyatda amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga aniqlangan kamchiliklar va hal etilishi lozim bo\u02bblgan masalalarga ham e\u02bctibor qaratdi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/kvFQ4vm28tkYkXyVMnP4jU54tiFrjH.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-16984\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/kvFQ4vm28tkYkXyVMnP4jU54tiFrjH.jpg\" alt=\"\" width=\"2560\" height=\"1707\" \/><\/a><\/p>\n<p>Jumladan, joriy yilning I yarim yilligida qurilish ishlari hajmida 2025-yilning mos davriga nisbatan o\u02bbsish sur\u02bcatlari Tomdi\u00a0 tumanida ta\u02bcminlanmagan. Canoat hajmining o\u02bbsishi G\u02bbozg\u02bbon shahrida prognoz qilingan 9,2\u00a0foiz o\u02bbrniga atigi 2,4\u00a0foizni tashkil etgan, shuningdek, Konimex tumanida ham o\u02bbsish sur\u02bcati prognozga nisbatan 1,5\u00a0foizga kam bo\u02bblgan.<\/p>\n<p>Xatirchi tumanida qishloq xo\u02bbjaligi mahsulotlari hajmida o\u02bbsish sur\u02bcati atigi 1\u00a0foizni tashkil etgan bo\u02bblsa, aholi jon boshiga mazkur ko\u02bbrsatkichda o\u02bbsish bo\u02bblmagan. Vaholanki ushbu soha tumanning asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>Eksport prognozi ko\u02bbrsatkichlari 6\u00a0ta hududda bajarilmagan. Eng past natija Tomdi\u00a0<em>\u00a0<\/em>va Uchquduq tumanlarida qayd etilgan.<\/p>\n<p>Ayrim hududlarda kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligi pastligicha qolmoqda. Xususan, Karmana, Konimex, Tomdi, Xatirchi tumanlari hamda G\u02bbozg\u02bbon shahrida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida ishga tushirilgan loyiha mavjud emas.<\/p>\n<p>Navoiy, Zarafshon shaharlari hamda Konimex, Xatirchi, Nurota tumanlarida soliq to\u02bblovchilarning byudjet oldidagi muddati o\u02bbtgan qarzdorligi oshgan.<\/p>\n<p>Majlisda aholi bandligini ta\u02bcminlash va kambag\u02bballikni qisqartirish masalalari ham tanqidiy muhokama qilindi. Tahlillar ko\u02bbrsatganidek, joriy yilning yanvar\u2013iyun oylarida 15\u00a0ming kishi doimiy ish o\u02bbrinlari bilan ta\u02bcminlangan, norasmiy sohada band bo\u02bblgan 20\u00a0ming kishining mehnat faoliyati legallashtirilgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ayrim tumanlarda investitsiya, xizmat ko\u02bbrsatish va servis loyihalarini amalga oshirish hamda qurilish sohasida aholini doimiy ish o\u02bbrinlariga joylashtirish bo\u02bbyicha rejalar to\u02bbliq bajarilmagan.<\/p>\n<p>Senatorlar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, sanoat zonalari samaradorligini oshirish, eksport hajmini ko\u02bbpaytirish, tadbirkorlikni qo\u02bbllab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish, aholi bandligini ta\u02bcminlash va kambag\u02bballikni qisqartirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish bo\u02bbyicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.<\/p>\n<p>Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari aholini daromadli mehnat bilan ta\u02bcminlash, kambag\u02bballikni qisqartirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlarini Kengash sessiyalarida muntazam eshitib borishi zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Muhokama yakunida Senat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joriy yilning 31-iyul kuni Navoiy viloyatida Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi sayyor majlisi bo\u02bblib o\u02bbtdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi, deb xabar bermoqda Senat matbuot xizmati. Majlisda viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta\u02bcminlash va kambag\u02bballikni qisqartirish dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini o\u02bbrganish natijalari muhokama qilindi. Muhokama jarayonida mas\u02bcul rahbarlarning axborotlari ham eshitildi. Viloyatda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20397,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20396","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20396","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20396"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20396\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20398,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20396\/revisions\/20398"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20397"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20396"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20396"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20396"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}