{"id":20536,"date":"2026-08-18T13:32:16","date_gmt":"2026-08-18T08:32:16","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20536"},"modified":"2026-08-18T13:34:42","modified_gmt":"2026-08-18T08:34:42","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%be%d0%b7%d0%bd%d0%b0%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%b8%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%81-%d1%81%d0%be%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%be%d0%b7%d0%bd%d0%b0%d0%ba%d0%be%d0%bc%d0%b8%d0%bb%d1%81%d1%8f-%d1%81-%d1%81%d0%be%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d0%bd.html\/","title":{"rendered":"Prezidentimiz Urganch xalqaro aeroportidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Urganch xalqaro aeroportida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko\u02bbrsatadigan terminal bunyod etilib, yangi aerodrom majmuasi rekonstruksiyasining birinchi bosqichi jadal davom ettirilmoqda.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi ana shu loyihalar bilan tanishishdan boshlandi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9501\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/de1da77f-9bbe-57b7-87ae-0ac5b0f56e3d_lists_slider_9501.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17147\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/de1da77f-9bbe-57b7-87ae-0ac5b0f56e3d_lists_slider_9501.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Aeroport 1960-yilda ishga tushgan. Unga 1992-yilda xalqaro maqom berilgan. Umumiy maydoni 285 gektardan ortiqni tashkil etadigan bu majmua o\u02bbtgan yillar davomida minglab yo\u02bblovchilarga xizmat ko\u02bbrsatib keldi. Bugungi kunda aeroport orqali o\u02bbnga yaqin nufuzli aviakompaniya tomonidan muntazam qatnovlar yo\u02bblga qo\u02bbyilgan. Joriy yilning o\u02bbzida aeroport tomonidan jami 126 milliard so\u02bbmlik xizmatlar ko\u02bbrsatilib, mazkur ko\u02bbrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 31 foizga o\u02bbsdi.<\/p>\n<p>Jadal rivojlanayotgan zamon, ortib borayotgan sayyohlar oqimi va xalqaro hamkorlik ko\u02bblami mavjud quvvatlarni tubdan kengaytirishni kun tartibiga qo\u02bbymoqda.<\/p>\n<p>Urganch xalqaro aeroportini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun jami 264 million dollar miqdorida investitsiya mablag\u02bblari yo\u02bbnaltirilgan. Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Loyihaning xususiy sherigi sifatida dunyoning eng ilg\u02bbor, yuqori texnologik va nufuzli aviatsiya xablaridan birini boshqaradigan Janubiy Koreyaning \u201cIncheon International Airport Corporation\u201d kompaniyasi jalb etildi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/22600bc8-612a-3bbd-3b03-978edb40e06d_lists_slider_9501.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17148\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/22600bc8-612a-3bbd-3b03-978edb40e06d_lists_slider_9501.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Prezidentimiz Xiva va Urganch shaharlari yirik xalqaro sammitlar, oliy darajadagi diplomatik uchrashuvlar, nufuzli iqtisodiy va madaniy anjumanlar o\u02bbtkaziladigan global maydonga aylanayotganini ta\u02bckidladi. Bunday tadbirlarga kelayotgan xorijiy delegatsiyalar uchun yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni ta\u02bcminlash mamlakatning xalqaro maydondagi obro\u02bb-e\u02bctiboriga bevosita xizmat qilishi qayd etildi.<\/p>\n<p>Rekonstruksiya doirasida aeroportda \u201cBoeing 747\u201d va \u201cAirbus A350\u201d kabi keng fyuzelyajli havo kemalarini bemalol qabul qilish imkoniyati yaratilmoqda. Bu endilikda dunyoning turli qit\u02bcalaridan Xorazmga to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri, tranzitsiz uzoq masofali parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Shuningdek, rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichida 18 ta havo kemasi turargohi hamda yangi burilish yo\u02bblagi qurib bitkaziladi. Bundan tashqari, aeroportda zamonaviy chegara nazorati va viza bo\u02bblimlari, shinam biznes-zal, turli savdo va ovqatlanish shoxobchalari, kecha-yu kunduz ishlaydigan tibbiyot punkti hamda dunyo brendlarini mujassam etgan \u201cDuty free\u201d zonasi tashkil etilmoqda.<\/p>\n<p>Loyiha yakunlangach, yo\u02bblovchilarga xizmat ko\u02bbrsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Urganch xalqaro aeroportida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko\u02bbrsatadigan terminal bunyod etilib, yangi aerodrom majmuasi rekonstruksiyasining birinchi bosqichi jadal davom ettirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi ana shu loyihalar bilan tanishishdan boshlandi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Aeroport 1960-yilda ishga tushgan. Unga 1992-yilda xalqaro maqom berilgan. Umumiy maydoni 285 gektardan ortiqni tashkil etadigan bu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20537,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20536","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20536","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20536"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20536\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20539,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20536\/revisions\/20539"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20537"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20536"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20536"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20536"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}