{"id":20553,"date":"2026-08-19T13:01:47","date_gmt":"2026-08-19T08:01:47","guid":{"rendered":"https:\/\/sverenins.uz\/?p=20553"},"modified":"2026-08-19T13:01:47","modified_gmt":"2026-08-19T08:01:47","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%be%d0%b1%d0%be%d0%b7%d0%bd%d0%b0%d1%87%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%be%d1%80%d0%b8%d1%82%d0%b5%d1%82%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d0%b2%d1%8b","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/news\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%be%d0%b1%d0%be%d0%b7%d0%bd%d0%b0%d1%87%d0%b8%d0%bb-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%be%d1%80%d0%b8%d1%82%d0%b5%d1%82%d1%8b-%d0%bf%d0%be-%d0%b2%d1%8b.html\/","title":{"rendered":"Prezidentimiz tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yo\u02bbnalishlarini belgilab berdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o\u02bbtkazdi, deb <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/9511\">xabar bermoqda<\/a> davlatimiz rahbari matbuot xizmati.<\/strong><\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/41456ef2-99fe-619d-e5da-297f6d407981_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17165\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/41456ef2-99fe-619d-e5da-297f6d407981_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Anjumanda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shu jumladan, tuman studiyalaridan 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo\u02bbshayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.<\/p>\n<p>Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o\u02bbtkazish an\u02bcanasi yo\u02bblga qo\u02bbyilganidan buyon biznes rivojiga to\u02bbsiq bo\u02bblgan minglab masalalarga yechim topildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o\u02bbrinlarini ko\u02bbpaytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o\u02bbzida daromadli qilish uchun!<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so\u02bbmga yetdi. Korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi ham 3 karra ko\u02bbpaydi.<\/p>\n<p>Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga, xizmatlar hajmi 1 trillion so\u02bbmdan oshgan tumanlar 41 tadan 152 taga ko\u02bbpaydi. Milliy brendini yaratgan, mamlakat bo\u02bbylab filiallar ochgan tadbirkorlar safi kengaydi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz so\u02bbnggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratilganini ta\u02bckidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi. Bugun viloyat iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda, eksportda uning ulushi 81 foizga yetdi.<\/p>\n<p>Jahondagi murakkab vaziyatga qaramay, joriy yilning birinchi yarmida O\u02bbzbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o\u02bbsdi. Xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren kredit reytingini yaxshiladi.<\/p>\n<p><a href=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/436425b0-432d-5f68-280c-f2757ec5cffb_lists_slider_.jpg\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-full wp-image-17166\" src=\"http:\/\/invest-in-uzbekistan.org\/wp-content\/uploads\/436425b0-432d-5f68-280c-f2757ec5cffb_lists_slider_.jpg\" alt=\"\" width=\"1900\" height=\"1266\" \/><\/a><\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari bu natijalar, eng avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini qayd etdi.<\/p>\n<p>Muloqotda tadbirkorlar ko\u02bbtargan masalalar asosida beshta ustuvor yo\u02bbnalish bo\u02bbyicha yangi tashabbuslar e\u02bclon qilindi.<\/p>\n<p>Birinchi yo\u02bbnalish \u2013 tadbirkorlik uchun barqaror o\u02bbsish trayektoriyasini ta\u02bcminlash.<\/p>\n<p>Kichik va o\u02bbrta biznesni moliyalashtirishning yangi tizimi yaratiladi. \u201cKredit xizmatlari yagona raqamli portali\u201d orqali tadbirkor bitta ariza bilan banklarning takliflarini olishi, biznesni endi boshlayotganlar esa 5 milliard so\u02bbmgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Biznesning har bir bosqichiga mos yaxlit ekotizim yaratilib, yangi tadbirkorlar uchun \u201cBiznes start\u201d, ishlab chiqarishni yo\u02bblga qo\u02bbyganlar uchun \u201cBiznes lift\u201d, yangi o\u02bbsish bosqichiga o\u02bbtayotganlar uchun \u201cBiznes yuksalish\u201d dasturlari joriy etiladi.<\/p>\n<p>\u201cBiznes start\u201d doirasida tadbirkorlarga sun\u02bciy intellekt yordamida loyiha va kredit hujjatlarini tayyorlash, hisobot yuritish o\u02bbrgatiladi. Tayyor biznes-reja va 200 million so\u02bbmgacha garovsiz kredit berish yo\u02bblga qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qo\u02bbllab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz,\u00a0<\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Kichik biznes uchun garov masalasini yengillashtirish maqsadida \u201ckontr-kafolat\u201d tizimi joriy qilinadi. 10 milliard so\u02bbmgacha kreditda tadbirkorning o\u02bbziga 25 foiz garov topish kifoya qiladi.<\/p>\n<p>Ikkinchi yo\u02bbnalish \u2013 hududlarda biznes imkoniyatlarini kengaytirish.<\/p>\n<p>Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi. Qiymatning yarmini to\u02bblagan tadbirkor qolgan qismini 7 yilda foizsiz bo\u02bblib to\u02bblashi mumkin bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Auksionga chiqariladigan yer uchastkalari qurilish uchun zarur hujjatlar bilan \u201ctayyor paket\u201d shaklida savdoga qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<p>Banklar balansidagi 9 trillion so\u02bbmlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang\u02bbich to\u02bblovsiz va foizsiz bo\u02bblib to\u02bblash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.<\/p>\n<p>Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida \u201cBond sanoat zonalari\u201d tashkil etiladi. Ularda mahalliylashtirish, R&amp;D, laboratoriya va muhandislik xizmatlari yagona zanjirda yo\u02bblga qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<p>Energiya va gaz uchun 100 foiz oldindan to\u02bblov talabi ham qayta ko\u02bbrib chiqiladi. ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to\u02bblov intizomiga rioya qilayotgan korxonalar uchun avans 15 foiz etib belgilanadi.<\/p>\n<p>Uchinchi yo\u02bbnalish \u2013 \u201csun\u02bciy intellekt \u2013 boshqaruv samaradorligi \u2013 yangi investitsiyalar\u201d ekotizimini yaratish.<\/p>\n<p><em>\u2013 Bugun qaysi tadbirkor qo\u02bbshilgan qiymatni ko\u02bbpaytirsa, sun\u02bciy intellekt yordamida unumdorlikni oshirsa, tannarx bo\u02bbyicha izlansa, ertangi bozor uniki,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>\u201c10 ming korxona uchun \u2013 sun\u02bciy intellekt hamkor\u201d dasturi boshlanadi. Korxonalarning sun\u02bciy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Yangi mahsulot uchun model yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi.<\/p>\n<p>Dasturning birinchi bosqichiga kamida 100 million dollar ajratiladi.<\/p>\n<p>Mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqish uchun akseleratsiya dasturi yo\u02bblga qo\u02bbyilib, har yili 50 ta yirik korxona IPOga tayyorlanadi.<\/p>\n<p>Yirik investitsiya loyihalarida kadr tayyorlash komponenti majburiy bo\u02bbladi. Urganchda yo\u02bblga qo\u02bbyilgan kasbga tayyorlash tajribasi barcha hududlarga tatbiq etilib, 1 million yoshni zamonaviy kasblarga o\u02bbrgatish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>To\u02bbrtinchi yo\u02bbnalish \u2013 eksport salohiyatini oshirish va milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish.<\/p>\n<p>Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko\u02bbrsatadigan \u201cEksport navigator\u201d tizimi yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Xorijda talab yuqori bo\u02bblgan 100 ta mahsulot ro\u02bbyxati shakllantirilib, har biri bo\u02bbyicha bozor, tarif va logistika yechimlari ishlab chiqiladi.<\/p>\n<p>Ikki mingta korxonaning ishlab chiqarish jarayoni tashqi bozor talablariga moslashtiriladi. Tadbirkorlarga xorijiy brendmeyker jalb qilish, milliy brendni tashqi bozorda targ\u02bbib qilish, marketpleys va xalqaro tenderlarda ishtirok etish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.<\/p>\n<p>Eksportchilarni qo\u02bbllab-quvvatlashning yagona tizimiga kamida 1 milliard dollar yo\u02bbnaltiriladi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Bugun dunyoda bozor uchun kurash kun sayin kuchayib boryapti. Bunday vaziyatda xorijga chiqqan tadbirkor hech qachon o\u02bbzini yolg\u02bbiz his qilmasligi kerak,\u00a0<\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Asosiy va istiqbolli tashqi bozorlarda \u201ceksport elchilari\u201d faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Eksportda valyuta tushumi muddatlari uzaytirilib, ayrim cheklovlar bekor qilinadi.<\/p>\n<p>Beshinchi yo\u02bbnalish \u2013 biznesga ma\u02bcmuriy bosimni keskin kamaytirish.<\/p>\n<p><em>\u2013 Iqtisodiyotni \u201csoya\u201ddan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo\u02bbl ko\u02bbrsatib, to\u02bbg\u02bbri ishlashga o\u02bbrgatish orqali bo\u02bblishi kerak,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/p>\n<p>Kichik biznesda inson sog\u02bblig\u02bbi va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog\u02bbliq bo\u02bblmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy e\u02bclon qilinadi.<\/p>\n<p>Ixtiyoriy profilaktik auditdan o\u02bbtgan o\u02bbrta va yirik biznesda kamchiliklar bartaraf etilsa, jarima qo\u02bbllanmaydi. Barcha turdagi jarimalar miqdori o\u02bbrtacha 2 barobar kamaytiriladi.<\/p>\n<p>Kelasi yildan tadbirkor va davlat o\u02bbrtasidagi nizolarda \u201cTadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi\u201d hamda \u201cBirinchi xato uchun ogohlantirish\u201d qoidasi joriy etiladi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining yarmi \u201csukut \u2013 rozilik\u201d tamoyiliga o\u02bbtkaziladi. 30 dan ziyod faoliyat turi bo\u02bbyicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinib, yana 35 tasini berish muddati qisqartiriladi.<\/p>\n<p>Oziq-ovqat eksporti uchun talab etiladigan bir nechta ruxsatnoma o\u02bbrniga yagona \u201cSalomatlik sertifikati\u201d joriy etiladi.<\/p>\n<p>Muloqotda turizm sohasidagi tadbirkorlarni qo\u02bbllab-quvvatlash choralari ham belgilandi.<\/p>\n<p>Mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 million dollar resurs ajratiladi. Uch, to\u02bbrt va besh yulduzli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga, yer va mol-mulk solig\u02bbi bo\u02bbyicha imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladi.<\/p>\n<p>Turoperatorlarning xorijlik sayyohlarga ko\u02bbrsatgan xizmati eksportga tenglashtiriladi. Turistik avtobus va elektrobuslarni olib kelish bo\u02bbyicha imtiyozlar ham davom ettiriladi.<\/p>\n<p>Muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo\u02bbyicha asosiy marralar belgilab berildi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o\u02bbsishni saqlab qolishimiz zarur,\u00a0<\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Joriy yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Har bir hududning salohiyatidan kelib chiqib yangi o\u02bbsish nuqtalari belgilab berildi. Toshkentda eksportga yo\u02bbnaltirilgan biznes, Farg\u02bbona vodiysida to\u02bbliq zanjirli sanoat, Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlarini rivojlantirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Navoiy va Toshkent viloyatida tog\u02bb-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo, Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat va neft-gaz kimyosi, Qoraqalpog\u02bbistonda \u201cyashil\u201d energetika, axborot texnologiyalari va sun\u02bciy intellekt, Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari asosiy o\u02bbsish nuqtalari etib belgilandi.<\/p>\n<p>Ochiq muloqot davomida Prezidentimiz tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o\u02bbz biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda.<\/em><\/p>\n<p><em>Hech qachon oldinga intilishdan, o\u02bbsishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to\u02bbxtamang! Sizlarning ortingizda doimo qo\u02bbllab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro\u02bbyobga chiqarishda yelkadosh bo\u02bblgan Prezident bor!\u00a0<\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o\u02bbtkazdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati. Anjumanda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shu jumladan, tuman studiyalaridan 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo\u02bbshayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20554,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-20553","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-news"],"acf":[],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20553","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20553"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20553\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20555,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20553\/revisions\/20555"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20554"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20553"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20553"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/sverenins.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20553"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}